Kontent qismiga oʻtish

Kursk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kursk viloyati – Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. Markaziy Qoratuproq iqtisodiy rayoniga kiradi. 1934-yil 13 iyunda tashqil etilgan. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 1336,4 ming kishi (1998), asosan ruslar; shuningdek, belorus, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shaharliklar 60,9%. 28 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 23 shaharcha bor (1998). Markazi – Kursk shahri.[1]

Kursk viloyati Rossiya Yevropa qismining markazida Oʻrta Rossiya qirlarida joylashgan. Oʻrtacha balandligi 200 m. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi, temir rudasi, fosforit, boʻr, torf, har xil gil, qum va boshqa Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi gʻarbida – 7,7° dan shimolida – 9,4°gacha. Yillik yogʻin 480–600 mm. Vegetatsiya davri 187–193 kun. Asosiy daryolari: Seym va uning irmoqlari. Asosan, qoratuproq, shimoli-gʻarbida sur tusli oʻrmon tuproklari tarqalgan. Viloyat hududida Markaziy qoratuproq qoʻriqxonasi joylashgan.[1]

Kursk viloyati sanoatining yetakchi tarmoqlari: koʻp tarmoqli mashinasozlik va metallsozlik. Temir ruda sanoati (Mixaylovskoye kon boyitish kombinati) Rossiyaning metallurgiya zavodlarini yuqori sifatli xom ashyo bilan taʼminlaydi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida texnik rezina, oʻgʻit, lok-boʻyoq mahsulotlari, Kursk "Ximvolokno" ishlab chiqarish birlashmasida sintetik tola,"Schetmash"da hisoblash mashivalari ishlab chiqariladi. Yengil sanoatda jun mato, ustki va ichki trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida shakarqand zavodi bor. Kursk AES mavjud. Bugʻdoy, javdar, arpa va boshqa ekiladi. Asosiy texnika ekini – qand lavlagi. Sabzavotchilik, kartoshkachilik, mevachilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. Yirik temir yoʻl tugunlari: Velikiye Luki – Novosokolniki – Nevel.[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 "Kursk viloyati" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy