Kontent qismiga oʻtish

Lofoten orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lofoten orollari - Norvegiya dengizidagi arxipelag, Skandinaviya ya. o.ning shim.-gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida, undan Vestford boʻgʻozi orqali ajralgan. Norvegiya hududi. 4 katta va koʻplab mayda orollardan iborat. Maydoni 1,2 ming km². Qirgʻoqlari tik, fordlar bilan parchalangan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1161 m. Granit, gneys, siyenit va kristall slanetslardan tuzilgan. Iqlimi sernam, dengiz iqlimi. Yiliga 1600 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Togʻ tundrasi oʻsimliklari oʻsadi. Aholi sohil boʻylab joylashgan. Baliq (seld, treska) ovlanadi. Qoʻychilik rivojlangan. Eng katta aholi punkti — Svolver.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy