Kontent qismiga oʻtish

Markus Elieser Blox

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Markus Elieser Blox
Tavalludi 1723
Ansbax, Germaniya
Vafoti 6-avgust 1799
Fuqaroligi Germaniya va Muqaddas Rim imperiyasi
Millati nemis
Kasbi shifokor, tabiatshunos, baliqlarshunos
Ilmiy darajasi doktor

Markus Elieser Blox (nemischa: Markus Eliezer Bloch ; 1723–1799) — Germaniyalik shifokor va tabiatshunos. U dunyo baliqlari haqida ma'lumot ulashuvchi koʻp jildli asari bilan keng tanilgan. Blox yahudiy oilasida tugʻilgan boʻlib, ibroniy tilini ona tili sifatida oʻzlashtirgan, shuningdek, nemis va lotin tillarini ham oʻrgangan[1]. U oʻzining keng tabiatshunoslik kolleksiyasi, ayniqsa, baliq namunalari toʻplami bilan mashhur boʻlgan.

Markus Elieser Blox 1723-yilda Germaniyaning Ansbax shahrida tavallud topgan. Uning otasi Torah yozuvchisi, onasi esa kichik doʻkon egasi edi. U dastlab ibroniy adabiyotidan uyda taʼlim oladi va keyinroq Gamburgda jarrohlik sohasida taʼlimini davom ettiradi[2]. Gamburgda u nemis va lotin tillarini oʻrganib, anatomiya boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻladi. Keyinchalik Berlin shahrida tibbiyot yoʻnalishida tahsil olib, 1762-yilda teri kasalliklari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1765-yilda Blox Berlin shahrida doimiy yashash huquqini qoʻlga kiritdi va Ruben Joseph Rintelning qizi Breinxega uylandi. U Berlin shahrida umumiy amaliyotchi shifokor sifatida ishladi. 1773-yilda Blox taniqli faylasuf Moses Mendelssohn bilan birgalikda Berlin Tabiatshunoslik Jamiyatini tashkil etdi va katta tabiatshunoslik kolleksiyasi hamda boy kutubxona yaratdi[3]. Uning rafiqasi Breinxe 1769-yilda vafot etdi, va ularning yagona oʻgʻli ham Parijda sayohat paytida 21 yoshida hayotdan koʻz yumdi. 1774-yilda Blox bankir Jozef Veytel Efrayimning qizi Cheilega uylandi, undan keyin yahudiy jamoatchisi Jeremiya Bendixning qizi Rahelga uylanib, bir oʻgʻil va ikki qiz farzand koʻrdi.

Blox 1782-yilda Karl Linney asarlari taʼsirida baliqlarshunoslikka qiziqib qoladi va shu sohada izlanishlarni boshlaydi. U taxminan 1400 baliq namunasi toʻplagan boʻlib, hozirgi kunda ularning 800 tasi Berlin muzeyida saqlanmoqda[4]. 1782-1784 yillar davomida u Germaniya baliqlari haqida bir qator asarlarni nashr etadi va ularninga aksariyatini oʻz mablagʻlari hisobidan chiqardi[5]. 1797-yilda Blox Parijga baliqlar kolleksiyalarini koʻrish uchun tashrif buyurdi, lekin sayohat davomida uning sogʻligi yomonlashdi va u surunkali insultdan vafot etadi. Blox Berlindagi yahudiy qabristonida, Lichtenstadtda dafn etiladi

Markus Elieser Blox baliqlarshunoslik boʻyicha chuqur va keng qamrovli ilmiy asarlari bilan mashhurdir. U 1782-yildan 1795-yilgacha baliqlar haqidagi 12 jildlik "Ichthyologia" asarini chop etadi. Bu asarning dastlabki uch jildi Germaniya baliqlariga, qolgan 9 jildi esa dunyoning boshqa mintaqalaridagi baliqlarga bagʻishlangan. Bloxning "Systema Ichthologia" asari uning vafotidan soʻng, shogirdi Johann G. Schneider tomonidan nashr etilgan. U kamida 267 yangi baliq turi va 19 yangi turkumni tavsiflab, ilm-fanga ulkan hissa qoʻshgan[6]. Bloxning ilmiy izlanishlari faqat baliqlarshunoslik bilan cheklanmagan. U tabiatshunoslikning boshqa sohalarida ham qator maqolalar yozgan. Ayniqsa, solishtirma anatomiya va fiziologiya boʻyicha yozgan asarlari ham katta eʼtirofga sazovor boʻlgan[7].

  1. Van der Laan, Richard; Eschmeyer, William N.; Fricke, Ronald. Zootaxa: Family-group names of Recent fishes. Auckland, New Zealand: Magnolia Press, 11 November 2014 — 57-bet. ISBN 978-1-77557-573-3. 
  2. Kottelat, Maurice; Whitten, Tony. Freshwater Fishes of Western Indonesia and Sulawesi. Singapore: Periplus Editions, 1996 — 23-bet. ISBN 978-962-593-150-7. 
  3. Bray, Rodney A.; Gibson, David I.; Jones, Albert. Keys to the Trematoda. Wallingford, UK: CABI Publishing, 2002 — 114-bet. ISBN 978-0-85199-587-4. 
  4. Nelson, Joseph S.. Fishes of the World. Hoboken, New Jersey, USA: Wiley, 2006 — 72-bet. ISBN 978-0-471-25031-9. 
  5. Eschmeyer, William N.; Herald, Earl S.. A Field Guide to Pacific Coast Fishes of North America. Boston, Massachusetts, USA: Houghton Mifflin, 1983 — 124-bet. ISBN 978-0-395-33188-3. 
  6. Schneider, Johann Gottlob. Systema Ichthyologiae Iconibus CX Illustratum. Berlin: Apud Jo. Gottl. Müllerium, 1801. 
  7. Linnaeus, Carl. Systema Naturae. Holmiae (Laurentii Salvii): Holmiae (Laurentii Salvii), 1766. 
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy