Kontent qismiga oʻtish

Millat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Millat — uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda,siyosiy va ijtimoiy maqsadlari bir biriga zid kelmaydigan, aniq hududiy doirada, til va oʻzlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tari-xining eng yuksak choʻqqisi, oʻziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib toptan ijtimoiy birlik shakli. M. kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong , ruhiyat uygunligi va mushtarakligi demakdir. Ungacha ijtimoiy taraqqiyotning etnos (xalq) shakli ham mavjud boʻlib, xalq atamasi juda keng va tor maʼnoda ishlatiladi. Mas, keng maʼnoda: oʻzbek xalqi, nemis xalqi va boshqa Shuning uchun ijtimoiy fanda xalqlarning kelib chiqish tarixini oʻrganishda etnos bilan bir qatorda etnik birlik atamasi ham ishlatiladi. Chunki u maʼlum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan etnik uyushma: anik, bir xalqqa nisbatan ishlatiladigan atama. Fanda xalqning shakllanish jarayoniga nisbatan etnogenez atamasi ishlatiladi. Etnogenetik jarayon esa xalqning uzil-kesil shakllanishi bilan yakunlanadi. Shakllangan xalq oʻz etnik nomiga, hududiy til birligiga, iqtisodiy-xoʻjalik va etnomadaniy birligiga, oʻzlikni anglash birligi va nihoyat siyosiy uyushmasi (davlat)ga ega boʻlishi taqozo etiladi. Shuning uchun xalqning shakllanishi M.ning shakllanishi degan soʻz emas. Chunki etnos shakllanish jarayonida asosan, 3 bosqichni bosib oʻtadi. Uning l-bosqichi — qabila; 2-bosqichi — elat, 3- bosqichi— M.dir. Etnik birlikning bu 3 turi, oʻz navbatida, har xil tarixiy davrlarning ijtimoiy mahsuli hisoblanadi. Ulardan kabila kishilik tarixining ibtidoiy bosqichiga xos etnik birlik, patriarxat urugʻ jamoalarining uyushmasi, qabila aʼzolarining bir-birlari bilan qonqarindoshlik munosabatlarini saqlashi va urugʻlarga boʻlinishi xususiyatlari bilan oʻzidan keyingi tarixiy bosqichdagi etnik birlikdan (elat, yaʼni xalqdan) mazmun va zamon jihatidan farq qiladi. Demak, qabila ilk inson jamiyatining taraqqiy etgan etnik jamoasi boʻlib, uning boshqaruv tizimi qabilaviy demokratiyaning eng yuksak tamoyillari asosida, yaʼni oʻzoʻzini idora qilish urugʻqabila sardorlaridan tashkil topgan maslahat majlisi — oqsoqollar kengashi tomonidan olib boriladi.

Jamiyatdagi iqtisodiy-xoʻjalik, madaniy va etnik alokalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir necha qabilalarning birlashishi yuz beradi. Qabilalarning birlashishi jarayonida etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu etnik birlik maʼlum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy til va etnomadaniy umumiylik asosida shakllanadi. Shakllangan yangi etnik birlikni ifodalash uchun fanda elat, yaʼni xalq atamasi kabul qilingan. Etnik birlikning elatdan keyingi shakli M. boʻlib, uning shakllanishi elatning shakllanish jarayoni kabi uzok, davom etadigan ijtimoiy voqelik, M. etnik tarixining , elatning eng yuqori.choʻqqisi, kamolot bosqichiki, bu bosqichga koʻtarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati, birinchidan M. nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan uning aniq hududiy chegarasida muomalada boʻlgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga koʻtariladi; uchinchidan davlat hududining butunligi va chegarasining daxleizligi tan olinadi; toʻrtinchidan M. va unga xos mentalitet shakllangan boʻlib, fuqarolarning oʻzlikni anglash darajasi ularning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi va nihoyat beshinchidan davlat jamiyat tomonidan boshqariladi.

M.ni til, hudud va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri iqtisodiy negizdir. M.ning iqtisodiy- xoʻjalik birligi asosida til va hudud hamda etnomadaniy birlik paydo boʻladi. M.ning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning yozma adabiy tili va xalq ogʻzaki tilining sheva va lahjalarining yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo boʻlishiga olib keladi. Shevalar oʻrnini milliy til egallaydi. Uning davlat tili maqomi darajasiga koʻtarilishi M. nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. M. — mustaqil davlat belgisi. Uning mustahkam zamini — davlat iqtisodiy siyosatining barqarorligi M.ning shakllanish darajasiga va fuqarolarining oʻzligini anglash darajasiga bogʻliq. Bundan oʻzbek M.i istisno emas.

  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Ibrohimov A.,’Sultonov X., Joʻrayev X., Vatan tuygʻusi, T., 1996; Jabborov I., Oʻzbek xalqi etnografiyasi, T., 1994.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy