Olimp togʻi
Qiyofa
Olimp togʻi — Gretsiyadagi eng baland togʻ massivi. Egey dengizining Termaikos koʻltigʻi sohilida. Eng baland joyi 2917.727[1] m. Ohaktosh va slanetslardan tuzilgan. Tik yon bagʻirlarida dara koʻp. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bor. Choʻqqilarida qishda qor boʻladi. Milliy bogʻ tashkil etilgan. Yunon afsonalarida Olimp togʻi muqaddas togʻ, xudolar makoni hisoblangan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ampatzidis, Dimitrios; Moschopoulos, Georgios; Mouratidis, Antonios; Styllas, Michael; Tsimerikas, Alexandros; Deligiannis, Vasileios-Klearchos; Voutsis, Nikolaos; Perivolioti, Triantafyllia-Maria; Vergos, Georgios S.; Plachtova, Alexandra (2023). "Revisiting the determination of Mount Olympus Height (Greece)". Journal of Mountain Science 20(4). doi:10.1007/s11629-022-7866-8. https://www.researchgate.net/publication/369998667_Revisiting_the_determination_of_Mount_Olympus_Height_Greece.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |