Kontent qismiga oʻtish

Resife

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Resife yoki PernambukuBraziliyadagi shahar, Janubiy Amerikaning eng sharqiy chekkasida. Pernambuku shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 million kishi (2000). Braziliyaning Atlantika okeani sohilidagi muhim porti (chetga shakar, tropik mevalar, paxta, teri xom ashyosi, yogʻoch chiqariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning shimoli-sharqidagi muhim iqtisodiy markaz. Oziq-ovqat (asosan, shakarqand, tamaki), toʻqimachilik, mashinasozlik, sement, kimyo, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari mavjud. Untlar, Filologiya akademiyasi, shtat muzeyi bor. Shaharga 1548-yilda balikchilar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Mustamlakachilik davriga oid koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (monastir, qalʼa, cherkovlar) saqlangan. Turizm markazlaridan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy