Richard Schoen
Richard Schoen | |
---|---|
Tavalludi |
23-oktyabr 1950-yil Fort Recovery, Ohio, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Stanford universiteti California universiteti, Berkeley California universiteti, Irvine |
Taʼlimi | Stanford universiteti |
Akademik rahbarlari | |
Mashhur shogirdlari | |
Mashhur ishlari | |
Mukofotlari |
|
Richard Schoen (talaffuzi: Richard Sheyn) (1950-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Differnsial geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2017-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Schoen Dayton universitetidan B.Sc. darajasini olgan. 1977-yil Shing-Tung Yau rahbarligida Stanford universitetidan Ph.D. darajasini olgan. Nemischa Shoen familiyasi odatda „Shyon“ oʻqilsa-da, Richard Shoenning familiyasi Sheyn oʻlaroq talaffuz etiladi.
Olim global differensial geometriyada analitik metodlar tatbigʻini oʻrganib keladi. 1979-yil sobiq akademik rahbari biri Yau bilan umumiy nisbiylik nazariyasidagi positiv energiya teoremasini isbotladi. Shoen 1984-yil kompakt xilma-xilliklar boʻyicha Yamabe masalasining toʻliq yechimini topdi. 2007-yilda esa Simon Brendle bilan hamkorlikda differensiayalash mumkin boʻlgan sfera teoremasini isbotlab berdi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shaxsiy vebsayti
- Sormani, Christina (August 2018). „The Mathematics of Richard Schoen“ (PDF). Notices of the American Mathematical Society. 65-jild, № 11. 1349–1376-bet.