Kontent qismiga oʻtish

Sergey Yesenin

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Yesenin
Серге́й Алекса́ндрович Есе́нин
Tavalludi 3-oktyabr 1895-yil
Konstantinovo, Rossiya imperiyasi
Vafoti 27-dekabr 1925-yil(1925-12-27)
(30 yoshda)
Sankt Peterburg, SSRI
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Republic, Rossiya SFSR va SSSR

Sergey Aleksandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 28-dekabr, 1925) — iqtidorli rus lirik shoiri va yozuvchisi. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot va tabiat haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarini oʻzbek shoiri Erkin Vohidov buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda Rossiyaning Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlogʻida tavallud topgan. Hozirgi kunda bu qishloq Yesenin qishlogʻi deb ataladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib, o'z joniga qast qiladi. So'ngra shoir va yozuvchi Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabr kuni Moskvada shahrida dafn etiladi.

Shoir sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.

„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“ haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb bildi.

1924-1925-yillarda Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqand shahrida boʻlgan. Yeseninning „Fors taronalari“ (1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort oʻlkalarga sayohat chogʻida yaratilgan. „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi Hofiz, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.

„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy toʻplamlari Erkin Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.

Yesenin oʻlimidan bir kun avval doʻstiga atab sheʼr yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu sheʼrni Erkin Vohidov oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan:

Rus tilida

Do svidanya, drug moy, do svidanya.
Miliy moy, ti u menya v grudi.
Prednaznachennoe rasstavane
Obeщaet vstrechu vperedi.

Do svidanya, drug moy, bez ruki, bez slova,
Ne grusti i ne pechal brovey, —
V etoy jizni umirat ne novo,
No i jit, konechno, ne novey.

Erkin Vohidov tarjimasi

Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami.
Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bor oldinda hali.

Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab,
Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir,
Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gap,
Yashamoq ham yangimas, axir!

Yozuvchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yesenin faqat sheʼr yozib qolmay bir qancha hikoya ham yozgan. „Jar“ (1916) qissasi, „Bobil va Drujok“ (1917) hikoyasi, „Temir Mirgorod“ ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlarini namoyish etgan.

„Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami (Wayback Machine saytida 2012-07-13 sanasida arxivlangan)

Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-aprel, 2023-yil(2023-04-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy