Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Reyn-Vestfaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shimoliy Reyn — Vestfaliyadan yoʻnaltirildi)

Shimoliy Reyn-Vestfaliya (nemischa: Nordrhein-Westfalen ) Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Düsseldorf.

Shimoliy reyn-vestfaliya — Germaniya yeri. Maydoni 34,1 ming km². Aholisi 18 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dyusseldorf shahri Sh.R.V. Shim. Germaniya pasttekisligi va Reyn Slanetsli togʻlarida joylashgan. Mamlakatning aholisi eng koʻp va zich (1 km²ga 521 kishi) yeri. Aholining yarmidan ortigʻi aholisi 500 ming kishilik shaharlarda yashaydi.

Yevropaning eng katta sanoat regionlaridan biri — Rur sanoat havzasi shu yerda. Iqtisodiyoti koʻp tarmoqli. 1960 yildan boshlab koʻmir sanoati ulushi keskin kamaydi. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalari rivojlangan. Ularda 230 mingdan ortiq aholi band, bu esa koʻmir va poʻlat quyish sanoatida bandlar sonidan ancha ortiq. Rangli metallurgiya va ogʻir mashinasozlik, elektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Sement va oynashisha ishlab chiqariladi. Tabiatni muhofaza qilish sohasining 160 dan ziyod korxonasi ishlab turibdi. Sh.V.R. — Yevropaning yetakchi ekologik toza texnologiyalari markazi. Qishloq xoʻjaligida sabzavotchilik, sut chorvachiligi rivojlangan. Qisman donli ekinlar, qand lavlagi ekiladi. Hududining 25% oʻrmon.

SH.R.V. yeri 1946 yilda Reyn va Vestfaliya provinsiyalaridan tashkil etilgan. 1949 yildan Germaniya birlashuviga qadar Bonn shahri Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti boʻlgan. Yirik shaharlari: Keln, Essen, Dortmund, Dyusseldorf, Duysburg , Boxum, Vuppertal, Bilefeld, Gelzenkirxen, Zolingen, Liverkuzen va Axen. Hududidan xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari oʻtgan. Duysburg jahonda eng yirik daryo portlaridan. Turizm rivojlangan, yiliga 12 mln. turist kelib-ketadi.[1]

  1. "Shimoliy Reyn-Vestfaliya" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy