Kontent qismiga oʻtish

Shumpeter Yozef

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joseph Schumpeter

Yozef Shumpeter (1883.8.2, Moraviya 1950.8.1, AQSH, Konnektikut shtati, Takonik shahri) — iqtisodchi va sotsiolog. Vena universitetida taʼlim olgan. Avstriya Respublikasining moliya vaziri (1919— 20). Bonn universiteti (1925—32), 1932-yildan Garvard (AQSH) universiteti professor Tadbirkorlik masalasi markaziy oʻrin egallagan iqtisodiy dinamika konsepsiyasi muallifi. Sh. "samarali raqobat" nazariyasini asoslab bergan. Bu nazariyaga koʻra, "katta biznes" davrida bozor mexanizmi monopoliyalar va raqobat kuchlarining oʻzaro samarali natijasi tarzida baholandi. Dinamik iqtisodiy sikl konsepsiyasida sikllikni iqtisodiy oʻsishning qonuniyati deb qaraydi. Bu konsepsiyaga koʻra, iqtisodiy oʻsish va farovonlikning harakatlantiruvchi kuchi — asosiy kapitalga ommaviy investitsiyalar kiritish hisoblanadi.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy