Kontent qismiga oʻtish

Shveysariya geografiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shveysariya Markaziy Yevropada joylashgan mamlakat hisoblanadi. Mamlakat maydoni 41,3 ming km²ni tashkil etadi. Shveysariya shimolda Germaniya, gʻarbda Fransiya, sharqda Lixtenshteyn va Avstriya, janubda Italiya bilan chegaradosh. Germaniya bilan shimoliy chegaraning katta qismi Reyn daryosi boʻylab oʻtadi. Germaniya bilan sharqiy chegara va Avstriyaning bir qismi Konstans koʻli orqali oʻtadi. Fransiya bilan janubi-gʻarbiy chegaraning bir qismi Jeneva koʻli orqali oʻtadi. Eng uzun chegara Italiya bilan — 741,3 km, Fransiya bilan — 571,8 km, Germaniya bilan — 362,5 km, Avstriya bilan — 165,1 km, Lixtenshteyn bilan — 41 kmni tashkil etadi. Maksimal uzunligi: shimoldan janubga 220 km va sharqdan gʻarbga 348 kmga choʻzilgan. Shveysariya mamlakati okeanga chiqa olmaydi, mamlakatga eng yaqin boʻlgan okean Atlantika okeani (Oʻrta Yer dengizi) hisoblanadi. Shveysariya mamlakati milliy iqtisodiyoti asosan bank moliya tizimi juda ravnaq topgan boʻlib yirik koorparatsiyalar ham ushbu davlatda joylashgan. Shveysariya mamlakati shuningdek turizm va xizmat koʻrsatish sohasi ham yaxshi rivojlangan. Mamlakat hududi Alp togʻ burmalanish davrida paydo boʻlgan, Alp togʻlaridan iborat. Alp togʻlari Shveysariya mamlakatida turizm va qishki sport tutrlari rivojlanishi uchun muhim rol oʻynaydi. Shveysariya mamlakatida turizmning adrenalinbop turizm, rekreatsiya va davolash turizmi, akuaturizm kabi turlari yaxshi rivojlangan, shuningdek milliy bogʻlar va qoʻriqxona hududlarida esa tabiat manzaralari uchun agroturizm yaxshi rivojlantirilgan. Shveysariya mamlakati shunungdek qishki sport turlarida yaxshi imkoniyatlarga ega davlat hisoblanandi. Mamlakatda qishki sport turlarini rivojlantirilgan, mamlakatda yoz fasllarida butun Yevropadan qishki changʻi sport turi ixlosmandlari keladi. Turizmning bunday turlari orqasidan Shveysariya juda katta daromad oladi.

Butun hududning taxminan 58,5 %ni Alp togʻlari, 10 %ni esa Yura togʻlari egallaydi[1]. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Dufour choʻqqisi (4634 m), eng pasti — Lago Maggiore koʻli — 193 metr. Yura togʻ tizmasining eng baland nuqtasi Shveysariyada (Tandre togʻi) joylashgan boʻlib uning 1679 metrni tashkil etadi. Mamlakatning eng mashhur togʻi Matterhorn hisoblanadi. Shveysariya platosi mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Uning oʻrtacha balandligi dengiz sathidan 580 metr balandlikda joylashgan. Bu hudud aholining yuqori zichligi, sanoatning kontsentratsiyasi, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik rivojlanganligi bilan ajralib turadi[2].

Yuqori Reyn tekisligining janubiy qismi hisoblanadi.

Daryolar va koʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya bamisli relyef jihatdan suv qudugʻi misolida qarash mumkin. Yevropaning chuchuk suv zahiralarining 6 % bu yerda toʻplangan boʻlib, aynan shu yerdan Reyn (mamlakat ichida, daryo uzunligi 375 km), Rona (264 km), Tisino (91 km), Inn daryolari boshlanadi. Uch xil dengiz havzalariga quyiladi: Shimoliy, Oʻrta yer dengizi va Qora dengiz havzallariga quyiladi. Mamlakat daryolari kema qatnovi uchun qulay emas va kemalar qatnamaydi.

Shveysariyada juda koʻp koʻllar mavjud. Mamlakatning koʻllari muzliklar erishidan kelib chiqqan, shuning uchun ular choʻzilgan shaklga va katta chuqurlikka ega hisoblanadi. Ular orasida quyidagilar mavjud.

Jeneva koʻli maydoni — 581 km²;

Konstans koʻli — 538,5 km²;

Neuchâtel koʻli — 217,9 km²;

Maggiore koʻli — 212,3 km²;

Syurix koʻli — 88,4 km²;

Lugano koʻli — 47,8 km².

Har qanday shveysariyalikning oshxonasidagi krandan oqib chiqadigan suv har doim benuqson va tozaligi jihatidan mineral suvga oʻxshaydi. Hatto jamoat favvoralaridan ham siz ikkilanmasdan suv ichishingiz mumkin. Yil davomida yillik yogʻingarchilikning atigi 2 % ichimlik suvi taʼminotiga sarflanadi. Har bir shveysariyalik kundalik hayotda, sanoatda va kichik ishlab chiqarish korxonalarida kuniga taxminan 400 litr suv isteʼmol qiladi. Ulardan oʻrtacha 160 litri maishiy isteʼmolga moʻljallangan. Shveysariyada ichimlik suvi oʻrtacha ming litr uchun 1,60 CHF atrofida turadi. Shunday qilib, bir kishi uchun toʻlov kuniga 0,26 CHFni tashkil qiladi. frank, uch kishilik oila uchun esa — 0,80 Shveysariya frankidan sal kamroqni tashkil etadi. 80 % isteʼmoli quduq va buloqlardan keladigan yer osti suvlari hisobiga taʼminlanadi, qolgan qismi asosan koʻllardan olinadi. Shveysariyada chuchuk suv yetarli darajada boʻlishiga qaramay, Shveysariyada suv taqchil boʻlgan hududlar ham mavjud. Masalan, zamonaviy Vale kantoni hududida bir necha asrlar oldin dehqonlar sunʼiy kanallar qurishgan, ular yordamida erigan qor va muzlik suvlarini dehqonchilik uchun xizmat qiladigan yer hududlariga olib kelishgan. Qishloq xoʻjaligining rivojlanishi uchun muhim rol oʻynab bergan.

Rayonlashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariyani 4 ta mintaqaga boʻlish mumkin: Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Gʻarbiy. Shimoliy mintaqa hududlariga boʻlish mumkin. U yerda Bazel, Aargau, Syurix, Sankt-Gallen, Glarus, Turgau kanton hududlari joylashgan.

Mamlakatning shimoliy mintaqasi bilan taqqoslaganda, gʻarbiy mintaqa togʻli hududlardan tashkil topgan. Gʻarbiy mintaqada quyidagi kantonlar joylashgan: Bern, Neuchâtel, Fribourg, Vaud, Jeneva kantonlar joylshgan. Bu hudud Shveysariya platosining markaziy va janubiy qismlarini oʻz ichiga oladi.

Markaziy Shveysariya Luzern, Shvits, Uri, Untervalden kantonlarini oʻz ichiga oladi. Hududga Alp togʻlarining shimoliy yon bagʻirlari togʻri keladi va Vierwaldstet koʻli joylashgan.

Shveysariyaning iqlimi xilma-xil boʻlib, bu togʻli landshaft hududlari bilan farqlanadi. Biroq, mamlakat Markaziy Yevropaga xos boʻlgan kontinental iqlimga ega. Janubda, Ticino kantonida iqlim deyarli Oʻrta yer dengizi iqlimi bilan bir xil. Mamlakatning katta qismida iyundan sentabrgacha +20 +25 °C darajagacha va noyabrdan martgacha −1 dan −6 °C darajagacha harorat hukmronlik qiladi([1]).

Qishda mamlakatda Föhn deb nomlangan kuchli iliq shamol esadi. Bu shamol natijasida esa koʻpincha qor yogʻadi

Foydali qazilmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda foydali qazilmalar deyarli yoʻq. Faqat kichik koʻmir konlari, temir rudasi konlari, kichik grafit, talk va asfaltkonlari mavjud. Ronaning yuqori oqimida va Germaniya bilan chegaraga yaqin Reyn boʻylab mamlakat ehtiyojlarini qoplaydigan tosh tuzini qazib olish muhim rol oʻynaydi. Qurilish sanoati uchun xom ashyo juda katta miqdorda mavjud: qum, gil, tosh shagʻal kabilar maamlajkat hududi boʻylab xaxirasi katta hisoblanadi. Elektr energiyaning 11,5 % suv energiyasi bilan ishlab chiqariladi. Elektr energiyasining 55 % gidroelektrostansiyalar xissasiga toʻgʻri keladi.

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya platosi Yevropaning keng bargli oʻrmon zonasida joylashgan. Oʻrmonlar koʻp va flora dunyosida eman va olxa, joylarda qaragʻay uturlari juda koʻplab uchraydi, balandlik mintaqalanishi bilan almashlanib keladi. Alp togʻlarining janubiy yon bagʻrida kashtan daraxti oʻsadi. Togʻlarning baland yonbagʻirlarida ignabargli oʻrmonlar oʻsadi, keng bargli oʻrmonlar va alp oʻtloqlari (baland balandliklarda) oʻrtasida oʻtish belbogʻini hosil qiladi. Togʻlarda juda koʻp yorqin ranglar mavjud. Bahorda krokuslar va zaʼfaron gullaydi, yozda rododendron, gazakoʻt va edelvays gullaydi.

Hayvonot dunyosiga insonning iqtisodiy faoliyati kuchli taʼsir koʻrsatgan. Shveysariyada hayvonot dunyosi faqatgina togʻli hududlarga xos boʻlgan fauna dunyosi mavjud. Mamlakatda tarqalgan hayvonot dunyosi vakillarining barchasi qoyali togʻlarda yurishga moslashgan, sovuqga chidamli va oʻtxoʻr hayvonlar hisoblanadi. Shveysariyaning sharqiy hududida milliy bogʻ mavjud, ushbu hudud va boshqa gʻarbiy janubiy chegara hududlarda hayvonot olami bemalol qoʻshni mamlakatlarga migratsiya qiladi. Mamlaktda shuningdek, qor kakliklari va togʻ quyonlari hali ham keng tarqalgan boʻlsa-da, yuqori hududlardagi hayvonlar, masalan, bugʻu, sugʻurlar kamroq tarqalgan. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Avstriya bilan chegara yaqinida joylashgan Shveysariya milliy bogʻida kiyik va qunduzlar yashaydi, kamroq — alp togʻ echkisi va tulki, oq keklik va yirtqich qushlarning bir qancha turlari ham bor.

  • Shveysariya orollari
  1. [ru-world.net/shvejcariya-geografiya/ Strani Mira " Shveysariya: Geografiya]
  2. „география Швейцарии“. 2008-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-may.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy