Suvayirgʻich
Qiyofa
Suvayirgʻich - Yer yuzasida yogʻin suvlari oqimini turli tomonlarga yoʻnalgan ikki yon bagʻir boʻyicha ajratib turuvchi chiziq, chegara. Yer ostida esa Suvayirgʻich— turli tomonlarga harakatlanuvchi yer osti suvlari oqimini ajratib turuvchi shartli chiziq. Suvayirgʻich togʻli oʻlkalarda tizmalarning qirralaridan oʻtadi. Tekisliklarda esa yassi yerlardan, botqoqliklardan iborat boʻlishi mumkin. Bunday joylarda Suvayirgʻichni chiziq tarzida koʻrsatish mumkin emas. Tinch okean havzasi bilan Atlantika okeani havzasini chegaralab turuvchi chiziq Yerning bosh Suvayirgʻich deb hisoblanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |