Syurix — Shveysariyaning shimoliy qismidagi shahar. Syurix kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 336,8 ming kishi (1998-yil). Syurix va Limmat daryosi boʻyidagi port. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, yogʻochsozlik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1833), Shveysariya muzeyi, Kunstxa-uz (XIV-XX asrlar sanʼati), badiiy hunarmandchilik muzeyi bor. Shahar Turikum keltgerman qishlogʻi oʻrnida yuzaga kelgan. Ilk bor shahar sifatida 929-yilda qayd etilgan. 1218-yildan imperiya shahri maqomini olgan. XIX asr dan shahar yirik bank, sanoat va madaniyat markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan Grosmyunster va Fraumyunster roman-gotika soborlari (XII-XV asrlar), cherkov (XIII asr), ratusha (1694—1698) va boshqa saqlangan.[1]