Kontent qismiga oʻtish

Tamillar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

TamillarHindiston (asosan, Tamilnad shtati) dagi xalq. 61 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari); Shri Lankaning shimolida taxminan 2,8 mln. kishi; shuningdek, Singapur, Myanma, Malayziya, Avstraliya va boshqa yerlarda yashaydi. Umumiy soni 64,1 mln. kishi. Tamil tilida soʻzlashadi. Dindorlari — hinduizmga eʼtiqod qiladi, sunniy musulmonlar va xristianlar ham bor. T.ning etnogenezi dravid xalklari bilan bogʻliq. Mil. 3-asrdan Hindiston tarixida Chola, Chera, Pandya kabi tamil davlatlari maʼlum. 11 — 12-asrlarda tamil davlatlari oʻzaro birlashganlar. 1337-yilda Vijayanagar imperiyasi vujudga kelib, 16-asrda Janubiy Hindistonning barcha hududini qamrab olgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Tamillar yerlari ingliz mustamlakachilari tasarrufiga oʻtgan. Tamillar dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy