Kontent qismiga oʻtish

Traxeostomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1 — ovoz paychalarining 2 — qalqonsimon xaftaga 3 — krikoid xaftaga 4 — traxeyaning xaftaga tushishi 5 — Balon manjeti
Traxeostomiya amaliyoti

Traxeostomiya (lotincha: tracheostomia, ot qadimgi yunoncha: τραχεῖα — nafas trubkasi i στóμα — teshik, oʻtish) — traxeyada jarrohlik operatsiyasi boʻlib, u traxeyaning old devorida vaqtinchalik yoki doimiy teshik hosil qilishdan iborat. Olingan teshik (traxeostomiya) orqali kelajakda tashqi nafas olish amalga oshiriladi[1].

Qalqonsimon bez bo‘yinchasiga nisbatan kesilish sohasiga qarab yuqori, o‘rta va pastki traxeostomiya tafovut qilinadi. Yuqori traxeostomiyada kekirdak qalqonsimon bez bo‘yinchasi yuqorisidan kesiladi. Oʻrta traxeostomiyada kekirdak bezning bo‘yincha sohasida kesiladi. Buning uchun avval bo‘yinchani kesishga tobg‘ri keladi. Pastki traxeostomiyada

esa kekirdak qalqonsimon bez bo‘yinchasining pastidan kesiladi. Bolalarda ko‘proq pastki traxeostomiya qo‘yiladi. Chunki ularda qalqonsimon bez kattalarga nisbatan balandroqda joylashgan. Bundan tashqari yuqori qo‘yilgan traxeostomiya ovoz bog‘lamosti bo‘shlig‘ining yallig‘lanishiga olib kelishi ham mumkin. Natijada dekapsulatsiya qiyinlashadi.

Pastki traxeostomiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘rsatmalar. Bu operatsiya, asosan, kekirdak sohasida o‘sma yoki yallig‘lanish jarayonida, jarohatlanganda, kuyganda va boshqa hollarda qilinadi. Operatsiya og‘riqsizlantirish bilan boshlanadi.

Og‘riqsizlantirish. Endotraxeal narkoz.

Bemorning holati. Chalqancha yotqizilib, elkasi tagiga yostiqcha qo‘yiladi va boshi orqaga tashlanadi.

Operatsiya texnikasi. Teri o‘rta chiziq bo‘ylab uzuksimon tog‘aydan to to‘sh suyagining bo‘yinturuq kemtigigacha qavatma-qavat teri, teriosti yog‘ qatlami va yuza fassiya kesiladi.

Gemostaz taʼminlangandan keyin jarohat chetlari toʻmtoq ilmoq yordamida ikki tomonga tortiladi. Oʻrta chiziq bo‘ylab bo‘yinning ikkinchi va uchinchi fassiyalari ham kesiladi. Ochilgan to‘sh-til osti mushak tolalarini kesmasdan chetga suriladi. Keyin traxeobronxial bo‘shliq ochiladi. Bu bo‘shliqda odatda o‘rta qalqonsimon bez venasi joylashgan, baʼzan o‘rta qalqonsimon bez arteriyasi ham joylashadi. O‘rtadagi yog‘ qatlami ehtiyotkorlik bilan ajratiladi, bunda jarohatning yuqori qirrasida qalqonsimon bez bo‘yinchasi ko‘rinadi. Bo‘yincha

ehtiyotkorlik bilan yuqoriga ko‘tariladi, tagidan bir tishli ilmoq o‘tkaziladi va yuqoriga ko‘tariladi, ikkita halqa kesiladi. Kekirdakni ochganda albatta yo‘tal paydo bo‘ladi. Ochilgan kekirdak jarohat qirralariga ikkita uzun ipak ip qo‘yiladi. Keyinchalik shu iplarni chetga tortganda kekirdak jarohati kengayadi va traxeostomiya nayi kirgiziladi. Yolning

diametri kekirdak diametriga mos kelishi kerak. Nay qo‘yilib nafas olish tiklangandan keyin, kekirdak jarohati qirralariga boglangan ipak iplar bo‘yindan aylantirib bogʻlanadi.

Traxeostomiya nayini oldindan qo‘yilgan tasmachalar bilan tortib, bo‘yinning orqa yuzasida boylanadi. Teri jarohatining yuqori burchagi 1-2 ta chok bilan tikiladi.

Mikrotraxeostomiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻrsatmalar. Bu operatsiya traxeobronxit va bronxektaziya kasalliklarida hamda ko‘p miqdorda yiring ajratayotganda o‘pkalarni operatsiyaga tayyorlash uchun qilinadi.

Og‘riqsizlantirish. Endotraxeal narkoz.

Bemorning holati. Orqaga yotqizilib, elkasi tagiga yostiqcha qo‘yiladi.

Operatsiya texnikasi. Uzuksimon tog‘ay va bo‘yinturuq qiyigʻi o‘rtasida teri 0,3 sm uzunlikda kesiladi. Dyufo ignasi yordamida kekirdakka perpendikulyar holda bo‘yinning yumshoq to‘qimalari va kekirdakning old devori teshiladi. Igna kekirdak bo‘shlig‘iga tushganda bronxoskop nayi kiritiladi. Bu nayni keyin shunday tortish kerakki, u teshikdan yuqorida, lekin tovush yorig‘idan pastda tursin. Bronxoskop bilan kuzatgan holda ignaning uchi kekirdak bo‘shlig‘i bo‘ylab pastga harakatlantirilib, ichiga polietilen nay kirgiziladi. Keyin igna tortib olinib, bo‘yin terisiga mustahkamlanadi.

Asoratlari. Agar igna va kateterning diametri noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, bo‘yin soha teriosti va ko‘ks oralig‘i emfizemasi hosil bolishi mumkin[2].

  1. „medoblako.ru“.
  2. A. J. HAMRAYEV Sh. M. AHMEDOV. Bolalar operativ xirurgiyasi. VORIS-NASHRIYOT 2012. 
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy