Kontent qismiga oʻtish

Władysław Reymont

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Władysław Reymont
Tavalludi 7-may 1867[1][2]
Vafoti 5-dekabr 1925[1][2]
Ijod qilgan tillari Polyak tili[3]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Second Polish Republic

Władysław Reymont (1867.7.5, Kobele-Velke — 1925.5.12, Varshava) — polyak yozuvchisi. Dastlabki romani — "Loʻttiboz ayol" (1896) avtobiografik motivlarda yozilgan. "Jannatmonand yer" (1—2 j.. 1899) romanida naturalistik va simvolistik usullardan voz kechib, realistik usulni qoʻllagan. "Mujiklar" (1—4 j., 1904—09) milliy epos romani muallifi. Ruhi va koloriti bilan sof polyakcha boʻlgan bu asar bir oz mavhum, kompozitsiyasi va tilida nuqsonlar boʻlishiga qaramay, yozuvchiga xalqaro miqyosda obroʻ keltirgan. "Uchrashuv" (1897), "Tong oldida" (1902), "Odillik bilan" (1899), "Gʻalayon" (1897) kabi asarlarida qishloq hayoti asl holicha yorqin tasvirlangan. "1794-yil" (1913—18) tarixiy trilogiyasida Polshadagi ichki siyosiy ahvol aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1924).[4].

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy