Yangi Oʻrgimchak-odam 2
Yangi Oʻrgimchak-odam 2 | |
---|---|
The Amazing Spider-Man 2 | |
Spider-Man upside down on the side of the OsCorp tower with the film's title, credits and release date below. Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Marc Webb |
Prodyuser(lar) | |
Ssenariynavis(lar) | |
Hikoya |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | |
Kinematografiya | Dan Mindel |
Muharrir(lar) | |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Sony Pictures Releasing |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 142 daqiqa[2] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $200–293 million[3] |
Daromadi | $709 million[4] |
Avvalgi film | Yangi Oʻrgimchak-odam |
Yangi Oʻrgimchak-odam 2 (xalqaro nomi The Amazing Spider-Man 2: Rise of Electro)[5] – bu 2014-yilda Marvel Comics qahramoni Oʻrgimchak-odam asosida ishlangan Amerika superqahramon filmi. Columbia Pictures tomonidan Marvel Entertainment, Arad Productions, Matt Tolmach Productions hamda Ingenious Film Studios hamkorligida ishlab chiqarilib, Sony Pictures Releasing tomonidan premyera qilingan. Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan. Film ssenariysi James Vanderbilt tomonidan yaratilgan hikoya asosida Alex Kurtzman, Roberto Orci hamda Jeff Pinkner tomonidan yozilgan. Film Yangi oʻrgimchak-odam (2012) filmining davomi boʻlib, Yangi oʻrgimchak odam seriyasining yakuniy filmi hisoblanadi. Filmda bosh rol Peter Parker (oʻrgimchak odam) obrazini Andrew Garfield gavdalantirgan. Undan tashqari filmda bosh rollarni Emma Stone, Jamie Foxx, Dane DeHaan, Campbel Scott, Embeth Davidtz, Colm Feore, Paul Giamatti, hamda Sally Field ijro etishgan. Filmda Peter Parker sevgilisi Gwen Stacyni himoya qilishga urinadi hamda ota-onasining oʻlimi borasida izlanishlar olib boradi. Undan tashqari asosiy antoganist Electroga hamda oʻlimga olib keladigan genetik kasallikdan aziyat chekayotgan doʻsti Harry Osbornga qarshi kurashadi.
Yangi oʻrgimchak-odam 2 filmini ishlab chiqarish filmning ilk qismi boʻlgan Yangi oʻrgimchak-odam filmining muvaffaqiyatidan soʻng boshlangan. DeHaan, Giamatti, Felicity Jones, hamda Chris Cooper filmda rol ijro etish uchun 2012-yil dekabr hamda 2013-yil fevral oylari oraligʻida kastingdan oʻtishgan. Suratga olish ishlari 2013-yil fevralidan iyun oyiga qadar New York shahrida davom etgan. Film 2D, 3D hamda IMAX 3D formatlarida 2014-yil 2-mayda AQShda premyera qilingan. Xalqaro premyeralar esa 2014-yilning 31-martida hamda 10-aprel sanasida boʻlib oʻtgan. Film tanqidchilar tomonidan turli fiklar bilan qabul qilingan. Garfield va Stone oʻrtasidagi ishqiy munosabatlar, jang sahnalari, vizual effektlar hamda Hans Zimmerning musiqasi olqishlarga sazovor boʻlgan boʻlsa[6][7], filmning voqealar rivoji tanqidlarga uchragan[8][9][10]. Foxxning Electro obrazini gavdalantirgani ham tanqidchilar tomonidan turli fiklarni qabul qilgan[11]. Film jami 709 million dollar daromad qilib, 2014-yildagi 9-eng kassabob film boʻlgan.
Dastlab yangi oʻrgimchak odam haqida kamida yana 2 ta film suratga olish rejalashtirilgan. Filmlar Venom hamda Sinister Sixga bagʻishlangan boʻlishi rejalashtirilgan. Biroq 2015-yil fevralida Marvel Studios va Sony Pictures oʻrgimchak odam obrazini Marvel kino olamiga qoʻshish borasida kelishuvga erishib filmni qayta ishlashga qaror qilishgan. Shundan soʻng Yangi oʻrgimchak odam filmi seriyalarining rejalari bekor qilingan. 2016-yilda chiqarilgan Kapitan Amerika: fuqarolar urushi filmida Tom Holland ilk bor oʻrgimchak odam rolida koʻrinish bergan. Shundan soʻng Tom Holland bosh rolidagi 2017-yil 7-iyulda Oʻrgimchak odam: Uyga qaytish filmi hamda 2019-yil 5-iyulda Oʻrgimchak odam: Uydan yiroqda filmlari premyera qilingan. Garfiled hamda Foxx filmdgi rollarini 2021-yilda premyera qilingan Oʻrgimchak odam: Uyga yoʻl yoʻq filmida yana qayta gavdalantirishgan. Bu orqali Marvel filmlarni Multiolamlar fazasiga bogʻlagan[12][13].
Voqealar rivoji
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobiq Oscorp olimi va tadbirkor Richard Parker oʻzining gʻoyib boʻlishi sabablarini tushuntirish uchun video xabar yozib qoldiradi. Richard va uning rafiqasi Mary xususiy samolyotda qochishga urinishadi, biroq samolyot yollangan qotil tomonidan bosib olinadi. Samolyot halokatga uchraydi va juftlik halok boʻladi.
Hozirgi zamonda, doktor Curt Connors bilan boʻlgan jangidan ikki yil oʻtib, Richard va Maryning oʻgʻli Peter jinoyatlarga qarshi kurashni davom ettirib, Oʻrgimchak-odam sifatida rus jinoyatchisi Aleksei Sytsevichni qoʻlga oladi. Marhum otasining qizidan uzoq turish haqidagi vasiyatiga rioya qilishdagi ikkilanmalari sababli, Piterning sevgilisi Gwen Stacy oʻz munosabatlarini tugatadi. Bu hodisa ularning oʻrta maktabni tamomlash marosimidan soʻng sodir boʻladi. Shu orada, Piterning bolalikdagi doʻsti Harry Osborn uyiga qaytib, ogʻir kasal otasi Norman Osbornni koʻrgani tashrif buyuradi. Norman, Oscorp kompaniyasining bosh direktori, oʻzining genetik kasalligi haqida gapirib beradi va bu kasallik Harryning yoshida namoyon boʻlishini tushuntiradi. Norman vafot etadi va Harry Oscorpning yangi bosh direktori etib tayinlanadi.
Oscorp laboratoriyasida ishlayotgan elektr muhandisi Max Dillon oʻzini tasodifan tok urib, genetikasi oʻzgartirilgan elektr ilonlari joylashgan akvariumga tushib ketadi. Ilonlar unga hujum qilib, uni elektr energiyasining tirik generatoriga aylantiradi. Shu orada, Gwen Peterga Oksford universitetida stipendiya olish imkoniyati borligini va Angliyaga koʻchishi mumkinligini aytadi. Oʻz kuchini toʻliq anglamagan Dillon Times maydoniga kirib, tasodifan elektr taʼminotini uzib qoʻyadi, ammo Oʻrgimchak-odam uni toʻxtatadi. Dillon Ravencroft institutiga olib ketiladi. U yerda nemis olimi doktor Ashley Kafka Dillon ustida izlanishlar oʻtkazadi.
Shu bilan birga, Harryda kasallikning dastlabki alomatlari koʻrina boshlaydi va u Norman unga bergan maʼlumotlardan foydalanib, Oʻrgimchak-odamning qoni uni davolashi mumkinligini tushunadi. Harry Peterdan yordam soʻraydi. Sababi Peter Oʻrgimchak-odam suratlarini Daily Bugle gazetasiga sotayotgan edi. Ammo, qon quyish qanday oqibatlarga olib kelishini bilmagan Peter buni rad etadi. Bu esa Harryning gʻazabini qoʻzgʻatadi. Oscorp vitse-prezidenti Donald Menken Harryni Dillonning hodisasini yashirganlikda ayblaydi va uni bosh direktorlik lavozimidan chetlashtiradi. Harry Dillon bilan Oscorp binosiga qaytish boʻyicha kelishuv qiladi. Elektro doktor Kafkani oʻldiradi.
Oscorpga qaytgach, Harry genetik oʻzgartirilgan oʻrgimchaklarning zaharini topadi. Menkenni unga zaharni yuborishga majburlagach, bu uning kasalligini tezlashtiradi va uni goblin-ga oʻxshagan maxluqqa aylantiradi. Biroq, zirhli kostyumdagi favqulodda yordam protokoli uning sogʻligʻini tiklaydi. Shu bilan birga, Peter otasining tashlandiq metro stantsiyasidagi sirli laboratoriyasini topadi va u Normanning tadqiqotlaridan biogenetik qurol yaratish rejalariga qarshilik qilgani uchun qochishga majbur boʻlganini bilib oladi. Shuningdek, oʻrgimchaklarni yaratishda oʻz DNKsidan foydalanganini va Oscorp ular qonini ololmasligini bilib oladi. Laboratoriyani tark etgach, Peter Gwenning Oxfordga stipendiyani qoʻlga kiritganidan habardor boʻladi. U unga boʻlgan sevgisini eʼtirof etadi va ular birga Angliyaga ketishga kelishishadi.
Electro yana elektr taʼminotini uzganda, Peter va Gwen elektrni tiklab, Electroni katta kuchlanish orqali yoʻq qilishadi. Harry Goblin sifatida qurol-yarogʻ bilan keladi. Gwenni koʻrib, u Oʻrgimchak-odamning shaxsini aniqlaydi va qon quyishdan bosh tortgani uchun qasos olishga ahd qiladi. U Gwenni katta soat minorasining tepasiga olib boradi va tashlab yuboradi. Peter Goblini magʻlub qiladi, biroq Gwenni qutqara olmaydi va Gwen halok boʻladi. Gʻamgin va oʻzini aybdor his qilgan Peter Oʻrgimchak-odam faoliyatini toʻxtatadi.
Besh oy oʻtgach, Harry Ravencroftda hibsda boʻlib, oʻzining transformatsiyasi oqibatlari bilan kurashadi. Uning sherigi Gustav Fiers uni oldiga tashrif buyuradi va ular oʻz jamoalarini tashkil etish haqida gaplashishadi. Harry Fiersga Sytsevichdan boshlashni buyuradi, u esa uni qamoqdan qochishga yordam bergan edi. Elektromexanik zirhli kostyum kiygan Sytsevich oʻzini Rhino deb ataydi va koʻchalarda vayronagarchilik qiladi. Peter Gwenning bitiruv nutqini tomosha qilib, yana ilhomlanadi va Oʻrgimchak-odam sifatida unga qarshi chiqadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andrew Garfield Peter Parker (Oʻrgimchak odam) rolida: Ota onasidan ayrilib, genetikasi oʻzgartirilgan oʻrgimchak chaqishi natijasida oʻzining kuchini olgan yosh yigit dastlab oʻz kuchini amakisini qotilini topishda ishlatadi. Keyinroq xalq orasida Oʻrgimchak odam nomi bilan mashhur boʻlib oʻz kuchini ezgulik maqsadida turli jinoyatchilarga qarshi kurashishga sarflaydi. Garfield filmda kiyadigan kostyumi avvalgi filmdagidan farqli boʻlib, yangi dizaynda boʻlishini taʼkidlagan. Garfield ota onasidan ajralgan yigit obrazini gavdalantirish haqida shunday deydi: „Men ota-onasiz boʻlib, maqsad izlash hamda uni oʻzlikdan topish mavzusidagi rollarni koʻproq ijro etishni istayman“. Garfield bu rolga yengil qaramasdan jiddiy kirishish kerakligini his qilgan[14].
- Max Charles Peter Parkerning yoshligini gavdalantirgan.
- Emma Stone Gwen Stacy rolida: Oʻrta maktab oʻquvchisi hamda Peterning sevgilisi. Peter va Gwen oʻrtasidagi munosabat haqida soʻrashganida Stone „Gwen Peterni Peter Gwenni qutqarganidan koʻra koʻproq qutqargan. Gwen Oʻrgimchak odamga juda koʻp bora yordam beradi.“ degan. Undan tashqari Stone Peterni muskulga Gwenni esa miyaga qiyoslagan[15].
- Jamie Foxx Max Dillon (Electro) rolida: Max Oscorpda elektr muhandisi sifatida faoliyat olib boradi. Keyinchalik baxtsiz hodisa oqibatida elektr kuchiga ega boʻladi hamda Electro taxallusini oladi. Foxx Max obrazi haqida oʻzini hech kim deb hisoblaydigan hamda oʻrgimchak odamning ulkan muxlisi sifatida tasvirlagan[16]. Max Oʻrgimchak odam tomonidan qutqarilganidan soʻng Oʻrgimchak odamga boʻlgan muhabbati yanada ortib ketadi.. Oscorpda baxtsiz hodisa oqibatida elektrli ilonbaliqlar sabab oʻz kuchini qoʻlga kiritadi. Foxx personajning dizayni zamonaviyroq boʻlishi uchun qayta ishlanganini taʼkidlagan. Antoganistning komikslardagi klassik sariq va yashil kostyumi oʻrniga filmda zamonaviy koʻrinish berilgan[17].
- Campbell Scott Richard Parker rolida: Peterning vafot etgan otasi.
- Embeth Davidtz Mary Parker rolida: Peterning vafot etgan onasi.
- Colm Feore Donald Manken rolida: „Oscorp“ kompaniyasining vitse-prezidenti va boshqaruv kengashi raisi. Donald tez-tez Harryning „Oscorp“ kompaniyasining bosh direktori sifatidagi ishlari ustida eʼtirozlar bildiradi. Sababi Donald Harryni yosh bola ekanligi uchun kompaniyani boshqarishga qodir emas deb hisoblaydi.
- Paul Giamatti Aleksei Sytsevich (Rhino) rolida: Rossiyalik mafia aʼzosi. Film soʻngida u Harrydan zirhlangan Karkidon kiyimini olib oʻzini Rhino deb atagan. Giammati oʻz obraziga shunday deya taʼrif bergan: "U Rossiyalik jinoyatchi. Rossiyaliklar doim yovuz roli uchun muqobil tanlov boʻlishgan[18].
- Sally Field May Parker rolida:
- Dane DeHaan Harry Osborn (Green Goblin) rolida:
Felicity Jones Harryning Oscorpdagi yordamchisi Felicia Hardy rolini ijro etgan. Jonesning nomi filmning yakuniy versiyasida faqat Felicia deb keltirilgan boʻlsa-da, uning familiyasi filmning HD formatida chiqarilishiga bagʻishlangan marketing videosida Hardy sifatida koʻrsatilgan[19]. Marton Csokas Ravencroft Instituti boshligʻi Ashley Kafka obrazini, B.J. Novak esa Dillonning boshligʻi va Oscorp xodimi Alistair Smythe rolini ijro etgan. Kari Coleman, Charlie DePew, Skyler Gisondo, hamda Jacob Rodier avvalgi filmdagi rollariga qaytishgan, biroq Jacob filmning yakuniy versiyasida koʻrsatilmagan. Chris Cooper Oscorp asoschisi hamda Harry Osbornning otasi Norman Osborn rolini ijro etgan. Denis Leary faqatgina Peterga koʻrinadigan George Stacy rolini qayta ijro etgan. Stan Lee esa Peter va Gwenning bitiruv marosimida mehmon sifatida kameo roli bilan paydo boʻlgan. Michael Massee birinchi filmda Man in the Shadow rolini ijro etgan. Filmning bu qismida esa uning qahramoni Gustav Fiers (The Gentleman) deb nomlangan. Shailene Woodley Mary Jane Watson roliga kastingdan oʻtgan hamda bir qancha sahnalarda suratga tushgan. Biroq filmning yakuniy versiyasiga kiritilmagan. Aidy Bryant Ozodlik haykali kiyimidagi ayol sifatida koʻrinish bergan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"The Amazing Spider-Man 2" in Tokyo“. UPI desk. United Press International (31-mart 2014-yil). 6-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2015-yil.
- ↑ „The Amazing Spider-Man 2 [2D (12A)“]. British Board of Film Classification. Qaraldi: 5-aprel 2014-yil.
- ↑ FilmL.A. (2015-yil may). „2014 Feature Film Study“ (PDF). FilmL.A. Feature Film Study. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ „The Amazing Spider-Man 2 (2014)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 23-aprel 2016-yil.
- ↑ Baillie, Russell. „Movie review: The Amazing Spider-Man 2: Rise of Electro“ (2014-yil 24-aprel). 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Macdonald, Moira. „'The Amazing Spider-Man 2': a not-quite-amazing installment“ (2014-yil 1-may). 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Puig, Claudia. „'Spider-Man 2' spins web of chemistry, wit“ (2014-yil 2-may). 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-may.
- ↑ Orr, Christopher (May 2, 2014). "Spider-Man 2: More Is (Much) Less". The Atlantic. https://www.theatlantic.com/entertainment/archive/2014/05/the-amazing-spider-man-2/361552/. Qaraldi: May 23, 2014.Yangi Oʻrgimchak-odam 2]]
- ↑ Hornaday, Ann. „'The Amazing Spider-Man 2' review: Web-spinning superhero returns with mixed results“ (2014-yil 1-may). 2014-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-may.
- ↑ Buckwalter, Ian „Such A Lovely Couple, If Only The Supervillains Would Leave Them Alone“. NPR (2014-yil 1-may). 2014-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-may.
- ↑ Enk, Bryan „Early Reviews: Critics Tangled Over 'The Amazing Spider-Man 2' Villains“. Yahoo! Movies (2014-yil 9-aprel). 2014-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
- ↑ Kit, Borys „'Spider-Man 3' Jolt: Jamie Foxx Returning as Electro (Exclusive)“ (en-US). The Hollywood Reporter (2020-yil 1-oktyabr). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
- ↑ Schager, Nick. „'Spider-Man: No Way Home' Is the MCU's Best Spidey Movie by a Mile“ (en). The Daily Beast (2021-yil 14-dekabr). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
- ↑ Loinaz, Alexis. „Amazing Spider-Man 2: Andrew Garfield Talks Redesigned Costume, Exploring Spidey's "Double Life"“. E! (2012-yil 13-noyabr). 2013-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-aprel.
- ↑ „Emma Stone talks saving Spidey in The Amazing Spider-Man 2“. Total Film (2013-yil 4-yanvar). 2014-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
- ↑ Wigler, Josh „Exclusive: 'Spider-Man' Villain Jamie Foxx Reveals Major Origin Details“. MTV News (2012-yil 17-dekabr). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „The Amazing Spider-Man 2 Electro Costume Is Getting a Modern Redesign“. Movieweb.com (2012-yil 17-dekabr). 2013-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-noyabr.
- ↑ Braun, Liz. „Paul Giamatti thrilled to play Rhino in 'The Amazing Spider-Man 2'“. QMI Agency (2013-yil 6-sentyabr). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ The Amazing Spider-Man 2: Now on Digital HD!. YouTube. 0:07.