Kontent qismiga oʻtish

harom

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ha-rom

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. f - foydalanish, isteʼ-mol etish sharʼan man etilgan narsa; muqaddas; noqonuniy

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 din. Shariat hukmiga muvofiq yeyish, ichishga, foydalanishga yaramaydigan, halol emas. ◆ Eshakning kuchi kolol, goʻshti harom deganlaridek.. sht U Ashir bilan qoʻl berib soʻrashishga hazar qilibdi. Chunki Ashir choʻchqaboqar-da! Balki choʻchqa shariatda harom maxluq hisoblangani uchun undan hazar qilgandir. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

Harom oʻlmoq Soʻyilmasdan, biror kasallik yoki boshqa sabab bilan oʻlmoq (goʻshti yeyiladigan hayvon va qushlar haqida; bunday hollarda ularning goʻshtini yeyish man etiladi, yaʼni harom hisoblanadi). ◆ Qoʻychivon koʻp boʻlsa, qoʻy harom oʻladi. Maqol . ◆ Otamning "Chemberlen" degan echkilari bor edi, harom oʻlai deganda, boʻgʻziga pichoq tortib yuborganlar. S. Ahmad, „Hukm“ .
Harom qilmoq Harom holga keltirmoq. ◆ Kel, quturgan itlar harom qilmasdan turib, shu toza yuzlaringdan oxirgi martaba oʻpay! Hamza, „Boy ila xizmatchi“ . ◆ Qizishmang! Tabarruk qilichingizni bu iflosning qoni bilan harom qilmang! Uygʻun va I . Sulton, Alisher Navoiy.

2 Shariat boʻyicha, anʼana yoki tartib-qoidalarga koʻra man etilgan ish, xatti-harakat; shu yoʻl bilan topilgan narsa; hayotida shunday yoʻl tutuvchi kimsa. ◆ Toʻgʻri boʻl, haromdan hazar et, degansiz. Yigʻlab turgan gʻaribning yoniga kir, koʻnglini ol, degansiz. S. Siyoyev, „Avaz“ . ◆ Jinoyatchilik yoʻli bilan topgan harom pulingiz hisobiga yegan ovqatlarimizdan hali ham oʻqchib yuribmiz. "Mushtum" . ◆ Shunaqa harom odaMiiap oʻz egalariga yaxshi xizmat qiladilar.. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

3 s. t. Jinsiy munosabatdan soʻng gʻusl qilmagan, choʻmilmagan.

4 Foydalanish mumkin boʻlmagan, esiz ketgan narsalarga nisbatan qoʻllanadi. U ◆ bu majlisga Saidgʻozi bilan birga kechalari uyqusini harom qilib tayyorlandi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . ◆ ..yo haftada bir keladigan dam olish kunini ham haromga chiqarib, bozor-oʻchar qilsinmi? T. Alimov, „Ishqilib, oʻqimagan boʻlsin-da“ ◆ Endi bu yerlar bizga harom boʻ-libdi, Bu arab yurtida bizga nima bor? "Bahrom va Gulandom" .


Harom Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲАРОМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

harom
1 рел. недопущенный, запретный, запрещённый шариатом; ◆ ~ qotmoq (или oʻlmoq) (букв. околеть поганым) сдыхать, дохнуть, околевать (о сдохшем домашнем животном или птице); ◆ qoʻychivon koʻp boʻlsa, qoʻy ~ oʻladi посл. если пастухов много, то овцы дохнут; соотв. у семи нянек дитя без глазу; ◆ ~ qotgur! бран. чтоб ты сдох!;
2 поганый, нечистый, загрязнённый; ◆ u sening ~ tukingga ham arzimaydi (букв. он не стоит твоего поганого волоска) он и мизинца твоего не стоит; ◆ ~ qilmoq 1) рел. поганить; 2) загрязнять, испоганить; ◆ 

  • ~ qoravoy зоол. баклан большой; ◆ ~ magʻiz анат. спинной мозг;◆ ~ qon разг. дурная кровь.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy