Kontent qismiga oʻtish

kir

Vikilug‘atdan olingan

Turkcha (tr)

kir

chirkin

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

kir

Aytilishi

Etimologiyasi

1 Badan, kiyim va shu kabilarga chang-toʻzon oʻtirishi tufayli va boshqa yoʻllar bilan hosil boʻladigan ifloslik. ◆ Qoʻlning kiri. Toʻnning kiri. shsh Moʻysafid capma-rosh.. kirdan qatirmalanib yaltiragan lun-gini [Yoʻlchining

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

boʻyniga ilib, boshini ish-qalay boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar.

2 Kir bosgan, kirlangan. ◆ Kir koʻylak. Qoʻllari kir. sht ◆ Egnida tirsagi qirilgan kostyum, Yoqa kir, tugmasiz, yuz yamalgan shim. Uygʻun, „Ustasi farang“ . ◆ Yoʻlchi uning boshini kir yostiqqa ohista qoʻydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 koʻchma Yaramas, jirkanch, iflos. ◆ Fa-qat ana shu kir maqsadga yetish niyatida Aliqul bilan fikran boʻlsa ham bitim tuz-ding. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ . ◆ Yoshlik oʻtdi. Boʻyi yetdi. Kir odat uni zindondek hovliga soldi. Mirtemir .

4 Yuviladigan yoki yuvilgan kiyim-kechak, sochiq, dasturxon va sh. k. buyumlar. ◆ Gul-nor titroqlablari bilan bazoʻrgina: -Yaxshi.. ammangizni sevintiring, man nima ? — dedi-da, kir yoyishni bahona qilib, uzoqlashdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ [Oyimxon] Och-dan oʻlmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

Koʻnglida kiri yoʻq Darrov xafa boʻla-vermaydigan, birovga gina-adovat saqla-maydigan, birovga yomonlikni istamaydi-gan; ochiq koʻngilli. ◆ Yuragida bori yuziga tepib turadigan bunday kishilarni, koʻnglida kiri yoʻq, debmaqtaydilar. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . ◆ Tojimat aka.. koʻnglida kiri yoʻq, shaldir-shuldir odam edi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . Koʻnglini (yoki dilini) kir qilmoq Taʼbini xira qilmoq, dilini gʻash qil-moq; besaranjomlikka solmoq. ◆ Oʻksinish — odam koʻnglini kir qiladigan yomon illat-lardan. M. Ismoiliy, „Odamiylik qissasi“ . ◆ U [Toʻla] eng avval.. dilini kir qilib kelgan yolgʻonchilikka qarshi kurash boshladi. M. Ismoiliy, „Bizning roman“ . Tirnoq ostidan (yoki orasidan, tagidan) kir qidirmoq q. tir-noq. ◆ Men oʻz akasini reviziya qilib, tirnoq ostidan kir qidirib yurgan odamdan yaxshi-lik kutmayman. O. Yoqubov, „Asarlar“ . ◆ Sen tirnoq orasidan kir qidirmay qoʻya qol. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ . ◆ Darrov tirnoq tagidan kir qidirasiz-a, Samadov. P. Qodi-rov, „Uch ildiz“ . Tishining kirini soʻrmoq Yey-digan hech narsa yoʻkdigini bildiradi, shun-ga ishora qiladi. ◆ Ular [boylar] palov yeb, ti-shini kovlaganlarida, biz tishimizning kirini soʻrib, oʻchoq oldida chorigʻimizni quritar edik. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Shoʻromiz boʻlsa, qorinlaring bir amallab toʻyib qolar, deydi. Lop etib qish kirsa, tishimizning kirini soʻrib oʻtiramizmi? B. Rahmonov, „Mardlar qissasi“ .


Sinonimlari

Antonimlari

КИР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

kir
1 грязь (на теле, белье и т. п.); // грязный, нечистый; ◆ ~ dastroʻmol грязный, нечистый платок; ◆ ~ boʻlmoq быть грязным, загрязняться; ◆ ~ni ketkizmoq смывать, удалять грязь;
2 бельё (чаще грязное); ◆ ~ yuvish стирка белья; ◆ ~ chayqamoq 1) полоскать бельё; 2) стирать бельё; ◆ ~ tokcha узкая ниша, где хранится чистое бельё; ◆ 

  • ~ yuvdi kuni первые поминки на третий день после смерти покойного или покойной (в этот день обычно стирают бельё покойного и потом отдают его человеку, омывавшему труп); tirnoq orasidan (или ostidan) ◆ ~ izlamoq (букв. выискивать грязь под ногтями) подкапываться (под кого-л.); искать вину там, где её нет; искать повод для нанесения (кому-л.) вреда; ◆ koʻnglida ~i yoʻq чистосердечный, откровенный; имеющий чистые помыслы; ◆ koʻnglida ~i yoʻq odam чистосердечный человек; человек с открытой душой.

Turkcha (tr)

kir

chirkin
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy