Kontent qismiga oʻtish

tarmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tar-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TARMOQ 'nimaningdir tarkibidagi alohida sho-xobcha', 'boʻlinma'. Paxtachilik — Oʻzbekiston Respub-likasining asosiy xoʻjalik tarmohlaridan biri. Bu ot qadimgi turkiy tildagi 1 ajrat—', 'boʻlak— boʻlak qil—’ maʼnosini anglatgan tar— feʼlidan (ДС, 536) eski oʻzbek tilida —maq qoʻshimchasi bilan yasalgan (КРС, 708); keyinchalik birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga, q undoshi oldidagi a unlisi â unlisiga al— mashgan: tar— + maq - tarmaq > tärmâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Asosiy yoʻl, oqim va shu kabilardan boʻlinib, ajralib chiqqan qism; sho-xobcha. ◆ Temir yoʻl tarmoqlari. Daryo tarmo-gʻi. m ◆ Bu pastak togʻ Fedchenko muzlik togʻ-larining tarmoqlaridan biri boʻlib, mahal-liy aholi tomonidan "Muzloq togʻ" deb ata-lardi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Dastav-val bosh soqadan boshlab katta anhorlar, soʻngra uning tarmoqlari qazilardi. J. Sha-ripov, „Xorazm“ .

2 Asosiy tashkilot yoki birlashma sho-xobchasi. ◆ Ayuqa tarmoqlari. Maorif tarmoq-lari. n ◆ Haligi xat bahona savdo tarmoq-lari va sanoat korxonalarida boʻldik. Gazetadan . ◆ Tez tarmoq yoymoqda boʻlgan maorif: son-sanoqsiz maktablar, internatlar, kat-talar uchun kechki kurslar, bir oz boʻlsa ham oʻqigan odamlarga muhtoj edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

3 Fan-texnika, qishloq xoʻjaligi va shu kabilarga oid soha, sohalar. ◆ Xoʻjalikning muhim tarmoqlari. Fan va texnika tarmoqlari. Qorakoʻlchilik respublika chorvachiligining muhim tarmoqlaridan biridir. m ◆ Bu yerda gʻalla bilan chorva asosiy tarmoq hisoblana-di. "Sharq yulduzi" .

Tarmoq yoymoq Tarmoqlarga boʻlinmoq, tarmoqlari yuzaga kelmoq. ◆ Shumuddaoni ada-biyotimizda hujjatli asarlarning keng tarmoq yoyganligi sabablari toʻgʻrisidagi gapdan boshlasak. N. Safarov, „Jasoratning davomi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТАРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Feʼl

[tahrirlash]

tarmoq tarmoq

OʻTIL

tarmoq
1 ответвление, разветвление; ветвь; ветка; kanal tarmogʻi ответвление канала; temir yoʻl tarmogʻi ветка железной дороги; ◆ tarmoq otmoq, tarmoq yoymoq разветвляться; ◆ keng tarmoq otgan nerv sistemasi широко разветвленная нервная система;
2 рукав; проток; ◆ Sirdaryo tarmoqlari протоки Сыр-Дарьи;
3 сеть; maktablar tarmogʻi сеть школ; ◆ savdo tarmoqlari торговая сеть; yoʻl(lar) tarmogʻi дорожная сеть; zovurlar tarmogʻi дренажная сеть;
4 отрасль, область; ◆ xalq xoʻjaligi tarmoqlari отрасли народного хозяйства; gʻalla yetishtirish qishloq xoʻjaligining eng koʻp mashinalashtirilgan tarmogʻidir зерновое хозяйство является наиболее механизированной отраслю сельского хозяйства.

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy