Content-Length: 67146 | pFad | http://uz.wiktionary.org/wiki/suyanmoq

suyanmoq - Vikilug‘at Kontent qismiga oʻtish

suyanmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

su-yan-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Orqasini, yelkasini, kiftini biror narsaga tirab oʻtirmoq yoki turmoq. ◆ Devorga suyanmoq. Yostikka suyanmoq. Echkining tayoq yegisi kelsa, choʻponning tayoviga suyanadi. Maqol . ■■ ◆ Ulugʻbek chayqalib, devorga suyandi. "Yoshlik" . ◆ Aya keyin koʻrsa, Karomatxon ham kelib, eshik kesakisiga suyangancha, gaplariga quloq solib turgan ekan. A. Muxtor, „Kumush tola“ .

2 Gavda ogʻirligining bir qismini biror narsaga tashlamoq; tayanmoq. ◆ Egilgan tayoqka suyanma, seni ham egadi. Maqol . ■■ ◆ Yaxshiboyev oʻtirgan xarragidan turdi. Koʻ-lidagi ajdarbosh hassasini yerga koʻyib, sekin suyandi, yuragiga kulok tutdi. M. M . Doʻst, Lolazor. ◆ Iskandar esa beixtiyor soʻri pan-jarasiga ogʻir suyanib.. chukur tin oldi. M. Mansurov, „Yombi“ .

3 koʻchma Madad olmoq, yordamiga tayan-moq, yordamiga tayanib ish tutmoq. ◆ Xalqqa suyansang — boʻlasan, xalkdan chiksang — soʻla-san. Maqol . n ◆ [Yaxshiboyev:] Qarigan chogʻingda odamning har biri gʻanimat: dardingni ayt-sang, chaykalgan chogʻing suyansang. M. M . Doʻst,

Lolazor. ◆ To gay kim — yolgʻizqoʻl bir yigit. Oʻlarmon otasiyu puf desa, dovonga borib tu-shadigan qiltiriq ukasini demasa, boshqa suyanadigani yoʻq. "Yoshlik" .

4 Ishonmoq, tayanmoq; asoslanmoq. ◆ Maq-sud Soliyev oʻttiz yillik ishi davomida odam-larning turfa xilini koʻrdi. U, tajribasi-ga suyangan holda, bir narsaga amin boʻldi: jamiyat uchun jinoyatchidan koʻra loqayd odam xavfliroq! "Yoshlik" .

Suvga suyanmoq Puch narsaga, beburd kim-saga suyanmoq. ◆ Suvga suyanma, yovga sigʻinma. Maqol . Suyangan togʻi Ishongan koʻmakchisi, yordamchisi, madadkori. Suyanib qolmoq Bir-biriga oʻrganib, bir-birining yordamisiz yashay olmay qolmoq. ◆ Cholu kampir bir-bir-lariga suyanib qolgan, bir-birlariga juda mehribon. Oydin, „Shirin keldi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

СУЯНМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

Feʼl

[tahrirlash]

suyanmoq suyanmoq

Tillar

[tahrirlash]

suyanmoq
возвр. от suyamoq
1
опираться; прислоняться; облокачиваться; ◆ devorga suyanmoq прислониться к стене; yostiqqa suyanmoq облокотиться на подушку;
2 перен. опираться (на кого-л.); рассчитывать (на кого-л.); senga suyandim я рассчитывал на тебя; partiya ommaga suyanadi партия опирается на массы; suvga suyanma погов. (букв. не опирайся на воду) не строй на песке, не строй воздушных замков; * suyangan togʻi оплот, опора (кого-чего-л.).









ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wiktionary.org/wiki/suyanmoq

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy