Content-Length: 152454 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Dunay

Dunay - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Dunay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunay
Vengriya - Budapesht
Vengriya - Budapesht
Tavsif
Uzunligi 2 850[1]
Suv sarfi 5 433 m³/s
Joylashuvi
Davlat Germaniya, Avstriya,
Slovakiya, Mojariston,
Xorvatiya, Serbiya,
Ruminiya, Bolgariya,
Moldova va Ukraina
Dunay


Dunay (rum. Dunărea, moj. Duna, olm. Donau, serb. Дунав, slovak Dunaj, bulgʻ. Дунав, Dunav, ukr. Дунай, lot. Danubius, Danuvius, qad. yun. Ἴστρος) — Yevropadagi daryo, uz. jihatidan Volgadan keyin 2-oʻrinda. Uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km².Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Mojariston, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, Moldova va Ukraina Boshlanish joyi quyilish joyidan 678 m baland. Shvarsvald togʻlarining (Germaniya) sharqiy yon bagʻridan boshlanib Qora dengizga katta delta hosil qilib quyiladi. Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya, Serbiya, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina hududlaridan oqib oʻtadi. Dunay oqish tavsifiga koʻra yuqori, oʻrta va quyi Dunayga boʻlinadi. Yuqori Dunay (Vena shahrigacha) — togʻ daryosi, chuqur va tor vodiydan oqadi. Oʻzanining kengligi 350 m gacha. Oʻrta Dunay (Venadan Temir Darvoza tangisigacha) Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysi keng (5–20 km). Togʻ va tepalarni kesib oʻtgan joylarda tangilar (Vengriya Darvozasi, Vishegrad yoʻlagi, Temir Darvoza va boshqalar) hosil qilgan. Bu joylarda oʻzani 150 m gacha torayib, chuq. 20–70 m ga yetadi. Dunayning Serbiya-Ruminiya chegarasi boʻylab oʻtgan Jerdap deb ataluvchi 120 km uzunlikdagi vodiysi juda tor (0,6—1,5 km). Daryoning serostona va tezokar joylaridagi oʻzani kemalar harakatini ancha qi-yinlashtiradi. Quyi Dunay (Temir Darvo-zadan quyilishigacha) Quyi Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysining kengligi 7–20 km. Quyilish joyidan 80 km yuqorida deltasi (maydoni 3500 km²) boshlanadi. Delta qismida 3 ta asosiy tarmoqqa boʻlingan.

Dunayning rejimi murakkab: bahorda toʻlib oqadi, yoz va kuzda toshib, qishda suvi kamayadi. Oʻrtacha suv sarfi yuqori oqimida 420 m³/sek, oʻrta oqimida 1900 m³/sek, quyilish joyida 6430 m³/sek. Bir yilda keltirgan suvining oʻrtacha hajmi 203 km3. Dunay Qora dengizga yiliga 120 mln. t. oqiziq va mineral moddalar keltiradi. Kish so-vuq kelganda 1,5 oygacha muzlaydi. Dunayning 300 irmogʻi bor, shundan 34 tasida kema qatnaydi. Eng yirik irmoqlari: oʻngdan — Inn, Drava, Sava, Morava; chapdan — Morava, Tisa, Olt, Seret va Prut. Dunayning iqtisodiy ahamiyati katta. Daryodan transport qatnovi, gidroenergiya olish, sugʻorish, shahar va sanoat markazlarini suv bilan taʼminlashda foydalaniladi, baliq ovlanadi. 2 ta yirik GES (Ruminiya va Serbiya chegarasida), GESlar kaskadi (Avstriya va Germaniyada) bor. Deltasida qamishzor koʻp. Regensburg shahridan (Germaniya) boshlab Dunayda yil davomida kema qatnaydi. Dare boʻyida 100 dan ortik. port, shahar va pristan joylashgan. Eng yiriklari: Regensburg , Vena, Bratislava, Budapesht, Belgrad, Ruse, Galats, Izmail va boshqa

Dunay — xalqaro daryo. Dunayda kema katnash rejimi haqidagi 1948-yilda qabul qilingan konvensiyaga koʻra kemalar daryoda erkin suzish xuquqiga ega; Dunayboʻyi davlatlaridan boshqa davlatlarning harbiy kemalari qatnashi man etilgan; konvensiyaning bajarilishini nazorat qiluvchi Dunay komissiyasi (barcha Dunayboʻyi davlatlari aʼzo) tuzilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Dunay

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy