Kontent qismiga oʻtish

Andrew Garfield

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrew Garfield
Tavalludi 20-avgust 1983-yil (1983-08-20) (41 yosh)
Fuqaroligi Amerika Qoʻshma Shtatlari
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 2004-yildan - hozirgacha

Andrew Garfield (1983-yil, 20-avgust) amerikalik aktyoridir[1][2]. U turli mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan Tony Award, BAFTA TV Award va Golden Globe Award, shuningdek, Primetime Emmy Award, Laurence Olivier Award va ikkita Academy Awards uchun nomzodlikka qoʻyilgan. Time jurnali Garfieldni 2022-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishi roʻyxatiga kiritdi.

Los-Anjelesda tugʻilgan va Angliyaning Epsom shahrida oʻsgan Garfield Royal Central School of Speech and Dramada tahsil olgan va oʻz faoliyatini Buyuk Britaniya sahnasida va televizion spektakllarda boshlagan. U 2007-yilda Lions for Lambs ansambl dramasida badiiy filmdagi debyutini qilgan. U Boy A (2007) telefilmidagi ijrosi uchun BAFTA TV Award for Best Actor mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2010-yilda The Social Network dramasida Eduardo Saverinning ikkinchi darajali roli bilan xalqaro eʼtiborga tushdi, buning uchun u BAFTA Film Award va Golden Globe Awardga nomzodligi kiritildi.

Garfield Yangi Oʻrgimchak-odam (2012), Yangi Oʻrgimchak-odam 2 (2014) va keyinroq Oʻrgimchak-odam: Uyga yoʻl yoʻq (2021) superqahramon filmlarida oʻrgimchak-odam rolini oʻynagani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻldi. U Hacksaw Ridge (2016) jangovar filmidagi Desmond Doss roli va Tick, Tick... Boom! (2021) filmidagi Jonathan Larson rollari uchun Academy Award for Best Actor nominatsiasini qoʻlga kiritgan. Garfield shuningdek, keyinroq Golden Globe Award for Best Actor mukofotini ham qoʻlga kiritdi. 2022-yilda u Under the Banner of Heaven kriminal drama miniserialida Mormon detektivi rolini oʻynadi va Primetime Emmy Award va oltin globusni qoʻlga kiritdi.

Sahnada Garfied 2012-ilda Broadwayda Death of a Salesman filmida paydo boʻldi va bu unga Tony Award nominatsiyasini taqdim etdi. 2017-yilda Londonda Angels in America filmida Prior Valter rolini oʻynagani uchun Garfield Laurence Olivier Awardga nomzod boʻldi; u keyingi yili Broadwaydagi rolni takrorladi va spektakldagi eng yaxshi aktyor uchun Tony Awardga sazovor boʻldi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrew Russell Garfield 1983-yil 20-avgustda Los-Anjelesda (Kaliforniya) tugʻilgan[3]. Uning onasi Lyn[4] Angliyaning Essex shahridan, otasi Richard Garfield esa Kaliforniyadan edi[5][6]. Richardning ota-onasi ham Buyuk Britaniyadan edi[7]. Garfield uch yoshida ota-onasi Qoʻshma Shtatlardan Buyuk Britaniyaga koʻchishgan va u Surreydagi Epsom shahrida tarbiyalangan[5][8][9]. Garfield dunyoviy tarbiyaga ega edi[10]. U otasi tomonida yahudiy boʻlib, oʻzini "yahudiy artist" deb taʼriflaydi[11][12][13][14]. Uning ota-bobosi va buvisi Polsha, Rossiya va Ruminiyadan Londonga koʻchib kelgan yahudiy muhojir oilalaridan edi va oila familiyasi dastlab "Garfinkel" edi[7][15][16].

Garfildning ota-onasi kichik interyer dizayn biznesi bilan shugʻullangan. Uning onasi esa bolalar bogʻchasida oʻqituvchi yordamchisi boʻlgan, otasi - Guildford shahar suzish klubining bosh murabbiyi boʻlgan[17][18]. Uning akasi Royal Brompton hospitalda NHS shifokori boʻlgan[19][20]. Garfield yoshligida gimnastika va suzuvchilik bilan shugʻullangan[6][17]. U dastlab biznesni oʻrganishni niyat qilgan edi, lekin 16 yoshida bir doʻsti, ular darslarni boshlash uchun bir oʻquvchi kam boʻlgani sababli, uni boshlangʻich teatr oʻqishiga kirishga koʻndirgan[21][22]. Garfield University of Londondagi Central School of Speech and Dramada tahsil olishdan oldin Bansteaddagi Priory Preparatory Schoolda, keyinroq esa Ashtead shahridagi City of London Freemen's Schoolda tahsil olgan[17][23][24]. Uning birinchi ishi Golders Green va Hendondagi uchta alohida muassasa oʻrtasida koʻchirilgan Starbucksda edi[25][26].

Dastlabki faoliyati va yutuqlari (2004–2011)

Garfield 2009 Toronto International Film Festivalda The Imaginarium of Doctor Parnassus premyerasida qatnashmoqda.

Garfield toʻqqiz yoshida Surreyning Guildford shahrida aktyorlik saboqlarini olishni boshladi va Bugsy Malonening yoshlar teatrida paydo boʻldi[19]. U Epsomdagi kichik yoshlar teatri ustaxonasiga qoʻshildi va Buyuk Britaniya konservatoriyasida,Central School of Speechda yana uch yil oʻqishdan oldin boshlangʻich teatr taʼlimini oldi[22][27]. 2004-yilda oʻqishni tamomlagach, u asosan sahna aktyorligi bilan shugʻullana boshladi. 2004-yilda u Manchesterning Royal Exchange teatrida Kesdagi ijrosi uchun Manchesterdagi Evening News Theatre eng yaxshi yangi ishtirokchi mukofotini qoʻlga kiritdi (u yerda keyingi yil ham Romeo rolini oʻynadi) va 2006-yilda Evening Standard Theatre tomonidan „Outstanding Newcomer Award“ mukofotini qo‘lga kiritdi[9]. Garfield oʻzining Britaniya televideniyesida debyutini 2005-yilda Channel 4 oʻsmirlar uchun Sugar Rush dramasida nishonlagan[9]. 2007-yilda u BBCning Doctor Who serialining uchinchi seriyasida, „Daleks in Manhattan“ va „Evolution of the Daleks“ epizodlarida paydo boʻlgach, jamoatchilik eʼtiborini tortdi. Garfield Doctor Whoning bir qismi boʻlish sharaf ekanligini aytgan[28]. 2007-yil oktyabr oyida u Varietyning „10 Actors to Watch“ roʻyxatiga kiritilgan[29]. U 2007-yil noyabr oyida Lions for Lambs filmida Tom Kruz, Meril Strip va Robert Redford lar bilan birgalikda amerikalik universitet talabasi rolini oʻynagan[29]. Garfield 2007-yilda Variety nashriga bergan intervyusida: „Men ular bilan bir xil loyiha ustida ishlayotganimdan baxtiyorman, lekin keyinchalik tomoshabinlar tomonidan tan olinishini kutmaganman“ degan edi[29].

2007-yil noyabr oyida chiqqan Boy A dramasida u qamoqdan keyin yangi hayot topishga urinayotgan mashhur qotilni tasvirlagan[30]. Bu rol unga 2008-yilda eng yaxshi aktyor uchun BAFTA Awardga sazovor boʻldi[31]. Houston Chronicle nashri xodimi Amy Biancolli Garfild tasvirining „zakovati va sezgirligiga shubha yoʻq“ deb yozgan[30]. Minneapolis Star Tribune muxbiri Christy DeSmith Biancollining fikrini takrorlab, uning yuz ifodalarini misol qilib keltirdi[32]. John Xartl The Seattle Times gazetasida yozgan maqolasida Garfield rolda oʻzining bor mahoratini namoyish etganini takidlagan va shunday xulosaga kelgan: „Garfild har doim oʻz ehtiroslarini qoʻlga kirita oladi“[33]. The Wall Street Journal tanqidchisi Joe Morgenstern Garfieldning ijro etgan rolini „fenomenal“ deb atadi[34]. 2008-yilda u The Other Boleyn Girl filmida kichik rol oʻynadi va Berlin xalqaro kinofestivalida porlayotgan yulduzlardan biri deb topildi[29][35]. 2009-yilda Garfield Terry Gilliamning The Imaginarium of Doctor Parnassus va Red Riding televizion trilogiyasida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan[36][37]. Va Los Angeles Times gazetasida Kenneth Turan „Garfield ajoyib oʻyin koʻrsatgan“ deb oʻylashini aytib oʻtgan[37].

Garfield haqida qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]


  1. Andrew Garfield Responds to Fans on the Internet – Actually Me. GQ. 7:05. „It's cause I'm English... My father's American so, I have had this semi-weird, hybrid British-American accent...“
  2. Clarke, Donald. „Andrew Garfield: 'I am a mongrel. I feel English and I don't'“ (2017-yil 27-oktyabr). 2018-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  3. „Andrew Garfield“. Hollywood.com (2012-yil 25-iyun). 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-may.
  4. Kernes, Mark „Andrew 'Spider-Man' Garfield Watched Vivid Parody for Inspiration“. AVN (2012-yil 27-iyun). 2013-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 Shenton, Mark. „Andrew Garfield“. Broadway.com (2006-yil 15-may). 2008-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 8-noyabr.
  6. 6,0 6,1 Fielder, Miles. „Andrew Garfield“. The List (2007-yil 1-noyabr). 2007-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 8-noyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Bloom, Nate „Interfaith Celebrities: Films Spider-Man & Lola Versus“. InterfaithFamily.com (2012-yil 26-iyun). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Hiscock, John. „A child's dream come true: Andrew Garfield“. The Telegraph (2010-yil 26-sentyabr). 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  9. 9,0 9,1 9,2 Graham, Jane. „Andrew Garfield: our No. 1 hottest young British movie talent“. The Guardian (2010-yil 7-oktyabr). 2010-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-oktyabr.
  10. Davis, Erik „Andrew Garfield on 'Hacksaw Ridge,' 'Silence' and the Absurdity of War“. Fandango (2016-yil 31-oktyabr). 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Applebaum, Stephen „Andrew Garfield: 'I value my Jewish heritage so much'“. The Jewish Chronicle (2021-yil 30-dekabr). 2022-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
  12. Buckley, Cara „Andrew Garfield, Spiritual Ghost in the Hollywood Machine“. The New York Times (2017-yil 7-yanvar). — „His family was a loving one, he said, and his father was Jewish.“. 2018-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-may.
  13. Kaufman, Amy „From franchises to gentle lyricism, these leading men share insights into filmmaking“. Los Angeles Times (2016-yil 22-dekabr). 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  14. Slotek, Jim. „Andrew Garfield 'wept' after reading 'Spider-Man 2' script“ (2014-yil 24-aprel). 2018-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-may.
  15. 15,0 15,1 Clarke, Cath. „Interview: Andrew Garfield“. Time Out Shanghai (2014-yil 28-aprel). 2014-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  16. 16,0 16,1 Rafanelli, Stephanie „Andrew Garfield: 'I never compromised who I was'“. The Guardian (2016-yil 30-dekabr). 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-may.
  17. 17,0 17,1 17,2 Singh, Anita. „Andrew Garfield as Spider-Man: who is he?“. The Daily Telegraph (2010-yil 2-iyul). 2010-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-iyul.
  18. „Andrew Garfield's Parents on How Their Son Is Handling Spider-Man Fame“. Access Hollywood. NBCUniversal (2012-yil 29-iyun). 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  19. 19,0 19,1 Albiston, Isabel. „Andrew Garfield: ready for take-off“. The Daily Telegraph (2007-yil 27-oktyabr). 2010-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 8-noyabr.
  20. Weijun Wang, Esmé (24 January 2022). "An Interview with Andrew Garfield". Believer. https://believermag.com/an-interview-with-andrew-garfield/. Qaraldi: 24 January 2022. 
  21. „Emma & Andrew's Amazing Adventure“ (2012-yil 21-iyun). 2013-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-iyun.
  22. 22,0 22,1 „Andrew Garfield in Tales of Ovid, A-level school production, Freeman's School, 2001“. https://www.youtube.com.
  23. „Andrew Garfield—The Social Network, The Amazing Spider-Man—9/20/10“. GrouchoReviews.com (2010-yil 20-sentyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-yanvar.
  24. „Priory Preparatory school in Banstead celebrates 90 years“. yourlocalguardian.co.uk (Newsquest) (2012-yil 21-iyun). 2013-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  25. Smith, Anna „Andrew Garfield: 'I don't know if we need movie stars any more'“. Time Out (2017-yil 29-sentyabr). 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  26. Galloway, Stephen (4 November 2016). ""He's All Flesh and Blood and Passion" (Q&A)". The Hollywood Reporter. https://www.hollywoodreporter.com/movies/movie-news/andrew-garfield-mel-gibson-hes-all-flesh-blood-passion-944231/. Qaraldi: 27 December 2021. 
  27. „High Profile Alumni | the Royal Central School of Speech and Drama“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-dekabr.
  28. Morgan Jeffery (26 June 2012) 'Spider-Man' star Andrew Garfield 'honoured to be part of Doctor Who' (Wayback Machine saytida 30 July 2012 sanasida arxivlangan)
  29. 29,0 29,1 29,2 29,3 Idelson, Karen. „Andrew Garfield: 'Lions' actor certainly not a lamb anymore“. Variety (2007-yil 12-noyabr). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
  30. 30,0 30,1 Biancolli, Amy „Boy A“ (2008-yil 12-sentyabr). 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  31. "Spider-Man comes to London" (Wayback Machine saytida 20 June 2012 sanasida arxivlangan).The Daily Telegraph. (Telegraph Media Group). Retrieved 19 June 2012
  32. DeSmith, Christy „'Boy A' explores secrets, forgiveness“ (2008-yil 5-sentyabr). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  33. Hartl, John. „"Boy A": When the past gets in the way of a promising future“. The Seattle Times (2008-yil 8-avgust). 2009-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  34. Morgenstern, Joe. „Powerful 'Boy A' Is Top-Grade Tale of a Life on Edge“. The Wall Street Journal (2008-yil 25-iyul). 2018-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-avgust.
  35. Gordon, Bonnie J.. „9 new Shooting Stars chosen for Berlin“. The Hollywood Reporter (2007-yil 12-dekabr). 2020-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
  36. Carnevale, Rob. „Lions For Lambs – Andrew Garfield interview“. IndieLondon (IndieLondon Limited). 2007-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 12-noyabr.
  37. 37,0 37,1 Turan, Kenneth. „Movie review: 'Never Let Me Go'“. Los Angeles Times (2010-yil 15-sentyabr). 2011-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.
  38. 38,0 38,1 38,2 „10 Things You Didn’t Know About Andrew Garfield“. https://tvovermind.com.
  39. „Why This Hollywood Actor Stays Off Social Media (Mostly)“. https://www.nytimes.com.
  40. „Andrew Garfield reveals why he doesn't use social media: 'I'm too sensitive and permeable'“. https://www.hindustantimes.com.
  41. „10 Interesting Facts About Andrew Garfield“. https://www.nbc.com.
  42. 42,0 42,1 42,2 42,3 „11 things you probably didn't know about Andrew Garfield“. https://www.insider.com.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy