Kontent qismiga oʻtish

Etan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etan (C2H6) — rangsiz, hidsiz gaz. Molekulyar massasi — 30,7. Suyuqlanish temperaturasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3(—100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, etan toʻyingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm boʻyicha turli almashinish reaksiyalariga kirishadi. 550—650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300—450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda CN3CNO va CN3COON aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan — tabiiy va yoʻlakay gazlar komponenti (hajmiga koʻra 10%) boʻlib, ulardan past trada rektifikatsiyalash yoʻli bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda koʻp miqdorda etan hosil boʻladi. Laboratoriya sharoitida etan metil yodid SN31 dan Vyurs reaksiyasini qoʻllab, SN3S001Cha dan Kolbe reaksiyasiga koʻra, etilbromid S,N5Vg dan Grinyar reaksiyasidan foydalanib, etilenni (Ryo katalizatorligida) yoki atsetilenni (№K.ye ishtirokida) gidrogenlab olinadi.

Etan — etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo. Etanning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash temperaturasi 152°, oʻz-oʻzidan alangalanish temperaturasi 472°.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy