Honoré de Balzac
Honoré de Balzac | |
---|---|
Honoré de Balzac 1842-yilgi dagerrotip fotosuratda | |
Tavalludi | 20-may 1799-yil |
Vafoti |
18-avgust 1850-yil (51 yoshda) |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Yoʻnalish | Nasr va drama |
Janr | Realizm |
Honoré de Balzac (talaffuzi: Onore de Balzak) (20-may, 1799 — 18-august, 1850) farang yozuvchisi va dramaturgi. Balzac jahondagi eng buyuk yozuvchilardan biridir[2]. Honoré de Balzac bir qancha roman, hikoya, drama va insho yozgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri „La comédie humaine“ (1842—1848) („Inson komediyasi“) deb nomlanuvchi 90 ga yaqin roman toʻplamidir. Bu romalarda Honoré de Balzac farang jamiyatini batafsil tasvirlab bergan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balzacning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzacning koʻpgina romanlari va povestlari umumiy gʻoya asosida birlashtirilgan va „Inson komediyasi“ deb nomlangan koʻp jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzac oʻz zamonasidagi fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. „Inson komediyasi“ni muallif 3 qismga boʻlgan: „Odatlar haqidagi etudlar“, „Falsafiy etudlar“, „Analitik etudlar“. Oʻylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi „Odatlar haqidagi etudlar“dir, unga 72 ta roman kirgan boʻlib, bular orasida — „Gobsek“ (1830), „Yevgeniya Grande“ (1833), „Gorio ota“ (1834), „Yoʻqotilgan orzular“ (183-1843) kabi asarlar bor.
Balzac ijodida fransuz realizmi oʻzining yuksak pogʻonasiga koʻtarildi. „Inson komediyasi“ epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi. Epopeya asarlari bir-biri bilan bogʻlangan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxoʻr Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga oʻta boradi. Balzacning „Inson komediyasi“ epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor boʻlgan. Balzacning „Yevgeniya Grande“, „Gorio ota“, „Gobsek“, „Sagʻri teri tilsimi“ asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Maxmudov va boshqalar tarjimasida turli yillarda oʻzbek tilida nashr etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ "Honoré de Balzac". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Honoré de Balzacga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- „Gobsek“ qissasi Ziyouz kutubxonasida (Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan)
- „ Sagʻri teri tilsimi“ romani Ziyouz kutubxonasida (Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |