Kontent qismiga oʻtish

Sixotealin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sixotealin - Rossiya Federatsiyasining jan sharqidagi togʻli oʻlka. Xabarovsk va Primorye oʻlkalari hududida. Sharqsa Yapon dengizi, gʻarbda Xanka — Ussuri, shim.gʻarb va shimolida Kuyi Amur payettekisliklari oraligida joylashgan. Shim.dan jan.ga 1200 km choʻzilgan, eni 300 km ga yaqin. Oʻrtacha bal. 700– 1000 m, eng baland joyi — 2078 m. (TardokiYani). S.A. birbiriga parallel holda choʻzilgan chuqur darasimon dare vodiylari bilan ajralgan 8 ta tizmadan iborat. Ularning suvayirgʻich qismida yalang qoyalar, shim. qismida qad. muzliklar relyef shaklida (karr, sirk va troglar, morena tepaliklari) saqlanib qolgan. Sharqda dengizga tik tushadi, koʻplab qoʻltiqlar bilan kesilgan. Gʻarbiy kismi qiyaroq. Tektonik jihatdan antiklinoriy, mezozoy va kaynozoy burmalanishi davrida shakllangan. Mezozoy va quyi toʻrtlamchi davrlarida vulkanlar otilgan. S.A.ning suvayirgʻich qismi paleozoygacha va paleozoy davri, katta qismi mezozoy va kaynozoy davrlari togʻ jinslaridan tuzilgan. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, qalay, oltin, polimetall rudalari, mineral va termal suvlar bor. Musson iqlimiga ega. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bilan qoplangan. Eng baland qismida togʻ tundra oʻsimliklari uchraydi. SixoteAlin qoʻriqxonasi bor.





pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy