Kontent qismiga oʻtish

Tay tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tay tillari
Milliy nomi ภาษาไทย
Mamlakatlar Tailand
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 20 700 000
Alifbosi Thai alphabet va romanization of Thai
Til kodlari
ISO 639-1 th[1]
ISO 639-2 tha[1]
ISO 639-3 tha[1]

Tay tillari — qarindosh tillar oilasi; Hindixitoy yarim orolida (Tailand, Laos, Vyetnam, Myanma) va Jan. Xitoy hamda Shim.Sharqiy Hindistonning unga tutash hududlarida tarqalgan va ularda 80 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Tay tilining genealogik qarindoshligi xususida 2 xil faraziya mavjud boʻlib, ularning birinchisiga koʻra ushbu tillar xitoytibet timarita, ikkinchisiga koʻra esa avstronez tillari oilasiga mansub. Lekin har ikkala faraziya ham hozirgacha toʻliq tan olinmaganligidan Tay tili ning oʻzini alohida oila deb hisoblash mumkin. Tay tili asosan quyidagi guruhlardan iborat: 1) haqiqiy Tay tili; bularning oʻzi 3 guruhga boʻlinadi: jan.gʻarbiy [tay (siyom), laos, tan, khamti axom, yuan, kxin va boshqa]; markaziy [tay (txo), nung , chjuan (jan. lahjalari)]; shim. [chjuan (shim. lahjalari), bui]; 2) dunshuy tillari (dun, shuy, mak, txen); 3) sek; 4) lakkya; 5) be; 6) li tillari; 7) lakua; 8) laki; 9) gelao tillari. Barcha Tay tili tipologik jihatdan oʻzaro yaqin hamda amorf tillart mansubdir. Koʻpchilik tay yozuvlari hind yozuvidan kelib chiqqan (ular muayyan shakliy xususiyatlariga koʻra kxmer yozuvi guruhi, birma yozuvi guruhi deb ajratiladi). Xitoy va Vyetnamdagi baʼzi Tay tili (chjuan, dun, li; tay, nung) uchun 20-asrning 2yarmida lotin grafikasi asosida yozuvlar yaratilgan.

Ushbu tillar oilasida ahamiyati va tarqalishiga koʻra haqiqiy tay tili 1oʻrinda turadi. Bu til baʼzi adabiyotlarda kxon tay yoki siyom tili deb ataladi, asosan Tailandsa tarqalgan. Unda 40 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Tailand Qirolligining rasmiy tili, shu bilan birga, shu mamlakatdagi xitoylik, vyetnamlik, malayyaliklar va boshqa uchun millatlararo muomala tili xisoblanadi. 4 ta asosiy laxjasi bor: markaziy, jan., shim. va shim.sharqiy. Ular fonetik, qisman leksik jihatdan oʻzaro farklanadi. Adabiy til Bangkok aholisi soʻzlashadigan markaziy lahjaga asoslangan. Tipologik jihatdan boshqa barcha Tay tili singari amorf til hisoblanadi. Fonetik tizimi 20 undosh va choʻziqlikqisqalik jihatdan qaramaqarshi qoʻyiladigan 24 unli (6 tasi diftong) fonemadan iborat. Boʻgʻinlar maʼlum ohang (ton)larda talaffuz etiladi. Maʼno farklovchi 5 ta ohang mavjud. Soʻz yasalishi asosan soʻz qoʻshishdan iborat. Morfologiyasi analitik xususiyatga ega. Adabiy til xalq soʻzlashuv tili asosida hozirgi Tailandning shim. qismida 13— 14-asrlarda shakllana boshlagan. Jan. hind yozuvidan kelib chiqqan qad. kxmer yozuvi tay yozuviga (1283-yil) asos boʻlgan.




  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy