Kontent qismiga oʻtish

Tugʻro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tugʻro (turkiycha) — Sharq mamlakatlarida podshoh va xonlarning farmonlari boshida ularning unvoni — nom va amallarini koʻrsatuvchi maxsus bezakli yozuv, ramziy belgi, sarlavha oʻrnidagi soʻz, jumlaning bezak sifatida yozilishi. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida tugʻrach shaklida keltirilib uning 3 maʼnosi beriladi: 1) oʻgʻuzlar tilida podsho muhri; 2) podshoh, safarga chiqish oldidan qoʻshindagi xar bir jangchiga beradigan ot; 3) oʻgʻuzlar tilida muhr bosilgan xat. Shu maʼnoda boshqa turkiy qavmlar (keyinchalik moʻgʻullar) tomonidan qoʻllaniladigan yorliq soʻzi oʻgʻuzlarga notanish boʻlgan. Saljuqiylar davrida davlat mahkamasi boshligʻi boʻlgan amaldor tugʻroi deb atalgan. 4) 19-asr oxirida Shimoliy Hindiston va Oʻzbekistonda alohida xatlarni turli jonivorlar, parrandalar shakli sifatida yozilishi ham T. xati yoki xatti T. deyilgan. Xattotlikning bu sanʼat turi bilan Oʻzbekistonda Habibullo Solih, Maʼruf Salimov, Toʻxtamurod Zufarov va boshqa shugʻullanmoqda.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy