Yangi ahd
Qiyofa
Yangi ahd – Bibliyaning bir qismi. Qadimgi ahddan farqli ravishda faqat xristianlikda eʼtirof etiladi. 4 injil va boshqalar muqaddas yozuvlar toʻplamidan iborat. Yunon tilida yozilgan. Unda Iso Masihning yerdagi hayoti, u chekkan azob-uqubatlar, koʻrsatgan moʻʼjizalari, tirilishi va boshqalar haqidagi rivoyatlar, pand-nasihatlar bor. taxminan 1-asrning 2-yarmi – 2-asr boshlarida yaratilgan. Yangi ahd xristianlikning paydo boʻlishi tarixini oʻrganishda muhim manbalardan hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |